2018-yilning 31-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Belarus Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Leonid Marinichni qabul qildi.

Elchi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari, jumladan oliy va yuqori darajalarda bo‘lajak O‘zbekiston-Belarus uchrashuvlari bilan bog‘liq mavzular ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda mamlakatimiz Elchixonasining Minsk shahrida faoliyat boshlashining amaliy jihatlari muhokama qilindi.