Diqqat: 2017-yil 5-iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri hamyurtlarimiz bilan to‘g‘ridan-to‘gri muloqot o‘tkazadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan
e’lon qilingan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da belgilangan
topshiriqlarni amalga oshirish doirasida 2017-yilning 5-iyul kuni Toshkent
vaqti bilan soat 14.00 dan 16.00 ga qadar tashqi ishlar vaziri Abdulaziz
Kamilov O‘zbekistondagi va xorijdagi hamyurtlar bilan uchrashuv
o‘tkazadi va ularning savollariga javob beradi. Videokonferensiya
shaklida bo‘lib o‘tadigan tadbirda O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari va
bosh konsulxonalari rahbarlari ishtirok etadi.
Muloqot doirasida O‘zbekiston va chet el ommaviy axborot vositalari
vakillari qarshisida vatandoshlarimizning TIV faoliyati bilan bog‘liq dolzarb
muammolari ko‘rib chiqiladi.
Tashqi ishlar vazirligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish imkoniga ega
bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari matn, audio va video ko‘rinishdagi o‘z
savollarini Vazirning virtual qabulxonasiga, muloqot@tiv.uz rasmiy elektron
manziliga, shuningdek TIVning “Facebook”dagi rasmiy sahifasi va
“Telegram”dagi kanalga oldindan jo‘natishlari mumkin.
Shu o‘rinda ma’lum qilamizki, anonim xatlar, odobsizlik mazmunidagi
murojaatlar (uyatsiz yoxud haqoratli iboralar, mantiq va ma’nosi bo‘lmagan
takliflar va boshqalar), murojaat matnida tushunarsiz qisqartirishlar mavjud
bo‘lgan, tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar bo‘lmagan
murojatlar ko‘rib chiqilmaydi.
Murojaatlar ushbu e’lon chop etilgan vaqtdan tadbir yakunlanganiga
qadar – 2017-yilning 5-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 16.00 gacha qabul
qilinadi.
Внимание: 5 июля 2017