Iqtisodiyot

фыв

Трудовые ресурсы.
Почти половина трудоспособного населения Узбекистана занята в сельском хозяйстве. Большой проблемой является безработица. По экспертным оценкам, уровень безработицы составляет не менее 20%. Особенно велико число безработных в Ферганской долине, где плотность населения достигает 300 человек на 1 кв. км; именно с безработицей и недостатком орошаемой земли связывают конфликты на этнической почве, происходившие здесь в 1989 и 1990-х годах. 
Транспорт.
Примерно 80% всего грузооборота в Узбекистане приходится на железные дороги. Сеть железных дорог общей протяженностью ок. 3400 км связывает республику с соседними странами. Имеется также 63 000 км шоссейных дорог, но число дорог с твердым покрытием невелико; наиболее важные из них – шоссе Ташкент – Термез, Ташкент – Бухара – Муйнак, Ташкент – Коканд. Почти каждый крупный город Узбекистана имеет свой аэропорт. Через Ташкентский международный аэропорт осуществляется регулярное воздушное сообщение со многими странами, включая Россию, Германию, Турцию, Великобританию, Нидерланды, Индию и США. 
Sanoatbop va xaridorgir
Xorijlik mutaxassislar o’zbek paxtasiga ana shunday ta’rif berishmoqda. Paxtachilik tarmog’ida samaradorlikning yuqori bo’lishi ko’p jihatdan parvarishlanayotgan g’o’za naviga bog’liq. Chunki paxta tolasi rangining tiniqligi, pishiqligi va uzunligi, qisqacha aytganda, sifat ko’rsatkichlarining yuqori bo’lishi, avvalo, nav xususiyatlariga borib taqaladi.

Shu bois Prezidentimiz tomonidan istiqlolning dastlabki yillaridanoq seleksioner olimlar oldiga har bir viloyatning tuproq-iqlim sharoitiga mos, hosildor, tezpishar, turli kasallik va zararkunandalarga chidamli, shuningdek, tola sifati jahon andozalari talablariga javob beradigan g’o’za navlarini yaratish vazifasi qo’yildi. Bundan tashqari, sohaning huquqiy poydevori sifatida “Urug’chilik to’g’risida” hamda “Seleksiya yutuqlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi.
Davlatimiz tomonidan g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ishlariga qaratilayotgan bunday e’tiborga javoban Paxta seleksiyasi, urug’chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti hamda ilmiy-tajriba stansiyalarining seleksioner olimlari yangi navlar yaratish borasida muayyan ishlarni olib bormoqda. Bu jarayonda navlar turli ekologik va iqlimiy ta’sirlarga bardoshli, shuningdek, tezpishar bo’lishi e’tiborda turibdi.

Aslida paxtachilikda hosilning pishib yetilish davri muhim qimmatli xo’jalik va murakkab genetik miqdoriy belgilar qatoriga kiradi. Nega deganda, bu zarur agrotexnika tadbirlarini o’z vaqtida o’tkazish, paxtani nest-nobud qilmay, sifatli yig’ishtirib olishga qulay imkoniyat yaratadi. Olimlarimizning ushbu yo’nalishdagi izlanishlari o’z samarasini berib, ijobiy natijalarga erishilayotgani kishida faxr-iftixor hissini uyg’otadi. Respublikamizning asosiy maydonlarida ekilayotgan g’o’za navlari boshqa paxta yetishtiruvchi davlatlar ichida eng tezpishar ekanligi shunday deyishimizga asos bo’la oladi.

Joriy yilda mamlakatimizda mavjud maydonlarda shu kabi qimmatli belgilarni o’zida mujassamlashtirgan g’o’za navlari parvarishlandi.

Prezidentimizning 2014-yil 18-fevraldagi “2014-yilda g’o’zani navlarga ajratish va paxta xom ashyosi ishlab chiqarishning prognoz hajmlari to’g’risida”gi qaroriga asosan, bizning institutda yaratilgan navlar qariyb 990 ming gektar maydonga joylashtirildi. “S-6524”, “Namangan-77”, “Buxoro-6”, “Buxoro-8”, “Sulton”, “Buxoro-102”, “Andijon-35”, “Omad”, “Andijon-36”, “Xorazm-127”, “S-4727”, “Ibrat”, “Xorazm-150”, “S-8284”, “Namangan-34”, “S-6541” shular jumlasidan.

Ta’kidlash kerakki, so’nggi yillarda institutimiz olimlari tomonidan yaratilgan ko’plab navlar serhosilligi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi, suv tanqisligi va tuproq sho’rlanishiga bardoshli bo’lgani tufayli istiqbolli navlar sirasiga kiritildi. Ularning har biri muayyan hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos bo’lishiga erishilgani diqqatga sazovordir. Masalan, “Navro’z” navi Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga mo’ljallangan bo’lsa, “To’raqo’rg’on-4” Farg’ona vodiysi va Navoiy viloyatlarida, “Parvoz”, “S-9085” navlari Xorazm viloyati hamda Qoraqalpog’iston Respublikasida, “S-8290”, “S-8286” Farg’ona va Namangan viloyatlarida, “Jarqo’rg’on”, “S-6550” navlari Surxondaryo viloyatida, “O’nqo’rg’on-1”, “Paxtakor-1”, “O’zPITI-201” navlari esa Andijon hamda Jizzax viloyatlarida ekilsa, yuqori samara beradi. Mazkur navlar har yili katta maydonlarda ekilib, ishlab chiqarish sinovidan muvaffaqiyatli o’tayotgani quvonarli hol, albatta.

Shu bilan birga, hozirgi kunda institutimiz va uning filiallarida yaratilgan 40 dan ziyod hosildor hamda tezpishar xususiyatlari bilan ajralib turadigan yangi g’o’za navlari Qishloq xo’jalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasining shoxobchalarida sinalmoqda. Shu asnoda seleksioner olimlar tomonidan ularning dastlabki urug’chiligini tashkil etish, nav xususiyatlarini yaxshilash bo’yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar izchil davom ettirilayapti.

Ma’lumki, keyingi yillarda kuzatilayotgan ekologik o’zgarishlar, jumladan, suv tanqisligi va tuproq sho’rlanishi seleksionerlar oldiga yangi-yangi vazifalarni qo’ymoqda. Qolaversa, fermerlarning turli ekstremal sharoitlarga chidamli navlarga bo’lgan talabi ham ortib borayapti. Buni chuqur his qilgan holda, institutimiz olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar yanada chuqurlashtirildi. Natijada mavjud g’o’za genofondi namunalarini, xususan, yovvoyi, yarim yovvoyi va madaniy shakllarni duragaylash orqali suv tanqisligi hamda tuproq sho’rlanishiga bardoshli bo’lgan donorlarni ajratish va yaratishning nazariy hamda amaliy uslublari ishlab chiqildi. Qolaversa, shu asosda tezpishar, ya’ni 105 – 120 kun ichida pishib yetiladigan, noqulay sharoitlarga chidamli nav, tizma va donorlar yaratishga erishildi. Dastlabki natijalarga qaraganda, uning har bir ko’sagidagi paxta vazni 5,5-8,0 grammni tashkil etib, tola chiqishi 38-41 foizga, tola uzunligi esa 34-36 millimetrga yetadi. Mikroneyr ko’rsatkichi ham yuqori – 3,6-4,5.

Mazkur navlar ustida olib borilayotgan tadqiqotlar yakunlanib, ularning amaliyotga joriy qilinishi paxtachiligimizda yangi sahifalar ochishi, pirovardida hosildorlik yanada oshib, yalpi xirmonimiz sarbaland bo’lishiga xizmat qilishi muqarrar.

Bundan ko’rinadiki, yurtimizda g’o’za seleksiyasi va urug’chiligini rivojlantirish masalasiga qaratilayotgan e’tibor, seleksioner olimlarga yaratib berilayotgan qulay shart-sharoitlar o’z samarasini ko’rsatmoqda. Yaratilgan g’o’za navlarining navdorlik va xo’jalik ko’rsatkichlari jihatidan ustunligi, eng muhimi, sanoatbopligi esa xalqaro miqyosda yuksak e’tirof qilinayapti.

Bu yil o’ninchi marta tashkil etilayotgan Xalqaro O’zbekiston paxta va to’qimachilik yarmarkasida uning qatnashchilari shu kabi navlar, ularning tola namunalari bilan yaqindan tanishish, ayni paytda xaridi bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar imzolash imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu chet ellik sanoatchilar uchun yana bir qulaylikki, unda ishtirok etuvchilar soni yil sayin oshib borayotganining boisi ham ana shunda.

Shodmon NAMAZOV,
Paxta seleksiyasi,
urug’chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari
ilmiy tadqiqot instituti direktori, qishloq xo’jaligi fanlari doktori.

manba: www.xs.uz

O‘zbekiston – Latviya biznes-forumi – 29.05.2014
Latviya Respublikasi Prezidenti Andris Berzinshning mamlakatimizga tashrifi doirasida 28-may kuni O‘zbekiston va Latviya ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo, sarmoya, bank-moliya, yoqilg‘i-energetika, mashinasozlik, aviatashuv, qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi, geologiya, oziq-ovqat, kimyo, yengil sanoat, to‘qimachilik, elektron mahsulotlar ishlab chiqarish, mebelsozlik, me’morchilik, farmatsevtika, transport va transport kommunikatsiyalari, logistika, bojxona, sug‘urta, eksport-import, aloqa, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, sog‘liqni saqlash, sayyohlik va fan-ta’lim kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev ushbu biznes-forum mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va ijtimoiy yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada yuqori bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.

Latviya Respublikasi Prezidenti Andris Berzinsh mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorlikni barcha sohalarda izchil rivojlantirish tarafdori ekanini, buning uchun har ikki davlatda ham salohiyat va imkoniyatlar katta ekanini qayd etdi.

Latviya – O‘zbekistonning Yevropa mintaqasidagi muhim hamkorlaridan. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik mustahkam huquqiy asosga ega. Savdo-sanoat, sarmoya, soliq, transport va transport kommunikatsiyalari, sayyohlik, standartlashtirish, madaniyat, fan-ta’lim kabi ko‘plab sohalar bo‘yicha hamkorlikka oid bitimlar imzolangan. Savdo, iqtisodiyot va sanoat sohasida O‘zbekiston bilan Latviya o‘rtasida eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi joriy qilingan.

O‘zbekistonning barqaror rivojlanayotgan iqtisodiyoti, biznes yuritish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar va imtiyozlar, qonun bilan kafolatlangan preferensiyalar hamda yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik omillari chet ellik biznesmenlarning, jumladan, latviyalik ishbilarmonlarning mamlakatimiz bilan faol hamkorlik qilishga qiziqishini tobora oshirmoqda.

O‘zbekiston va Latviyaning o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish borasidagi imkoniyatlari katta. 2013-yilda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash qariyb 250 million AQSh dollarini tashkil etdi. O‘zbekistonda Latviya sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 21 qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular mebelsozlik, neftni qayta ishlash, poligrafiya, transport va logistika, ulgurji savdo va xizmat ko‘rsatish hamda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash kabi sohalarga ixtisoslashgan. Yurtimizda ushbu mamlakatning 19 yetakchi kompaniyasi o‘z vakolatxonasini ochgan.

Forumda Latviya ishbilarmonlariga mamlakatimizda iqtisodiyotni muttasil rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan izchil islohotlar, sarmoya jalb qilishning ustuvor yo‘nalishlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ravnaq toptirish omillari, moliyaviy tizimni barqaror taraqqiy ettirish borasidagi sa’y-harakatlar, “Navoiy”, “Jizzax” va “Angren” industrial zonalaridagi qulaylik va imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Mehmonlar O‘zbekistonning neft-gaz, konchilik, sayyohlik, avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi kabi sohalardagi salohiyati bilan tanishdi. Latviyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va sarmoyaviy muhiti haqida so‘z yuritildi.

Mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlik yalpi ichki mahsulotning muntazam o‘sishida muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.

– O‘zbekiston – Latviyaning Markaziy Osiyodagi ishonchli hamkorlaridan, – dedi Latviya Respublikasi iqtisodiyot vaziri Vyacheslav Dombrovskiy. – Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi muntazam o‘sib bormoqda. Latviyada o‘zbekistonlik sarmoyadorlar ishtirokida tuzilgan qo‘shma korxonalar muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Ikki mamlakat o‘rtasida muntazam amalga oshirilayotgan aviaqatnov sayyohlik sohasidagi istiqbolli hamkorlikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda. Latviya O‘zbekiston bilan boshqa sohalar qatori ta’lim jabhasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdor.

Biznes-forumda ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni, jumladan, transport va logistika, bank sektori, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sanoat, sayyohlik, oziq-ovqat, yengil sanoat, to‘qimachilik va fan-ta’lim sohalaridagi aloqalarni yanada rivojlantirishga oid masalalar atroflicha muhokama qilindi. O‘zbekiston va Latviya ishbilarmonlari o‘rtasidagi hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish va mustahkamlash muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Anjumanda Latviyaning qator yirik kompaniyalaridan yuzga yaqin vakil ishtirok etganining o‘ziyoq ushbu mamlakatning O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishga qiziqishi katta ekanidan dalolatdir. “LDZ Cargo”, “Astra Logistic”, “Ave Trans Group”, “BAO”, “HCT Automotive”, “IMC Scrapers EAME”, “Baltbio”, “Travel Agency Spare”, “Tonus Elast”, “Lauma Fabrics”, “A&A Logistic” kabi kompaniyalar vakillari O‘zbekiston bozoridagi o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish niyatida ekanini qayd etdi.

– Kompaniyamiz to‘qimachilik sanoatida faoliyat yuritadi, – dedi “Nikol Djumon” kompaniyasi raisi Nikolay Biryukov. – O‘zbekiston bozori g‘oyat istiqbolli ekani bilan bizga manzur bo‘lmoqda. O‘zbekistonda ayollar kiyim-kechagi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxona tashkil etish niyatidamiz.

Biznes-forum doirasida ta’lim, yengil sanoat, to‘qimachilik, eksportni qo‘llab-quvvatlash va kommunal sohalarda hamkorlikka oid hujjatlar imzolandi.

Shu kuni O‘zbekistonning qator kompaniya va korxonalari hamda Latviya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida kooperatsion birja o‘tkazildi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bir qator tovarlarni eksport qilish bo‘yicha shartnomalar tuzildi.

Mehmonlar “General Motors Powertrain Uzbekistan” va “Rieter Uzbekistan” korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

Mamlakatimiz neft-gaz va energetika salohiyatining namoyishi
“O‘zekspomarkaz”da “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2014” 18-xalqaro ko‘rgazmasi va “Energetika – Power Uzbekistan 2014” 9-xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi ochildi.

Ko‘rgazmalar “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi, Savdo-sanoat palatasi, ITE Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi tomonidan ITE kompaniyalari guruhi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi Sh.Fayzullayev va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, jumladan, yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi. Davlatimiz rahbarining 2009-yil 12-martda qabul qilingan “2009-2014-yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha eng muhim loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotir.

Neft-gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biridir. Mustaqillik yillarida sohada amalga oshirilgan tub o‘zgarishlar samarasida 2013-yilning o‘zida 2,8 milliard AQSh dollaridan ziyod investitsiya o‘zlashtirildi. Bu prognoz ko‘rsatkichlardan 11 foizga ko‘pdir. Jahon miqyosidagi loyihalar ishlab chiqilib, hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda. Chunonchi, Surg‘il koni negizida bunyod etilayotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi jahon neft-gaz sohasidagi eng yirik loyihalardan biridir. Janubiy koreyalik sheriklar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyihaning umumiy qiymati 3,9 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Uning amalga oshirilishi yiliga 4,5 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlash hisobidan 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz benzini va boshqa zarur mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi.

Mamlakatimiz energetika majmuasini rivojlantirishda ham salmoqli yutuqlarga erishilmoqda. Elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi izchil oshib bormoqda, yangi quvvatlar ishga tushirilib, yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash ishlari davom ettirilmoqda, resurslardan foydalanish samaradorligi oshmoqda, yangi texnologiyalar joriy etilib, muqobil energetika yo‘nalishi rivojlanmoqda, sohada xalqaro hamkorlik mustahkamlanayotir.

Ishtirokchilar geografiyasi yil sayin kengayib borayotir. Bu galgi ekspozitsiyada Xitoy, Janubiy Koreya, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Vengriya, Vetnam, Polsha, Italiya, Rossiya, Ruminiya, Daniya, Qozog‘iston, Turkiya kabi 20 davlatdan 160 dan ortiq kompaniya o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda.

Mamlakatimiz kompaniyalari stendida neft-gaz tarmog‘i yutuqlari namoyish qilinmoqda. “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan korxonalar neftni qayta ishlab, avtobenzin, dizel yoqilg‘isi, mazut, neft moylari, bitum, aviakerosin ishlab chiqarmoqda. “O‘zneftgazqurilishinvest” aksiyadorlik kompaniyasi neft va gazni qazib olish, tashish hamda qayta ishlash obyektlarini loyihalashtirmoqda, barpo etmoqda va jihozlamoqda. “O‘zneftgazmash” aksiyadorlik kompaniyasi neft-gaz va gaz-kimyo majmualarining tashkilot hamda korxonalari uchun mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarayotir. Muborak gazni qayta ishlash zavodi, “Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksi” unitar sho‘ba korxonasi va boshqa kompaniyalar suyultirilgan gaz hamda polietilen ishlab chiqarish hajmini yanada ko‘paytirmoqda. “OGU-2014” ko‘rgazmasida ular uglevodorodlarni qidirish, qazib olish, burg‘ulash, tog‘-kon sanoati, isitish, payvandlash jihozlari, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari va yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun qurilmalar, sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha eng yaxshi takliflar taqdim etgan.

Xitoy va Janubiy Koreya kompaniyalari ham kengaytirilgan tarkibda qatnashayotir. Jumladan, Janubiy Koreyaning “Kwang Shin” kompaniyasi havo va gaz kompressorlari, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari asbob-uskunalarini taqdim etmoqda. Xitoyning “Shanghai SK Petroleum Equipment Co., Ltd” kompaniyasi keng turdagi burg‘ulash qurilmalari, jumladan, boshqaruv pultlari, geologik analizatorlar, quduq va surma qopqoqlarni nazorat qilish uskunalarini namoyish etayotir.

– Kompaniyamiz o‘zbekistonlik sheriklar bilan 2008-yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda, – deydi “Shangdong Kerui Petroleum Eqipment Co., Ltd” kompaniyasining mamlakatimizdagi vakolatxonasi bosh direktori Devid Vu (Xitoy). – O‘zbekistonda neft-gaz tarmog‘ining jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgani o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. “OGU-2014” ko‘rgazmasida O‘zbekiston kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish niyatidamiz.

Germaniyaning “Draegerwek AG”, “Jumo Gmbh&Co. KG”, “Kanex Krohne Anlagen Export Gmbh” va boshqa yirik kompaniyalarining ekspozitsiyalari ham ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda. Ular ishlab chiqarish xavfsizligi va muhofazasini ta’minlash, kontrollerlar, rostlagich va indikatorlar, o‘lchov texnikalari, dizel dvigatellari va turbinalar ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z ishlanmalarini namoyish etayotir.

Italiya, Fransiya, Ruminiya, Polsha va Daniyadan tashrif buyurgan ishtirokchilar stendlarida transport-ekspeditorlik xizmatlari, boshqaruv tizimlari, neft-gaz tarmog‘i uchun texnologik qurilmalar va boshqa uskunalar taqdimotlari o‘tkazilayotir.

Masalan, Italiyaning “SAFE s.p.a” kompaniyasi keng turdagi gaz kompressori jihozlari, Ruminiyaning “Confind” kompaniyasi neft sanoati uchun keng turdagi uskunalar namoyish etmoqda.

– O‘zbekiston tabiiy gaz qazib olish va qayta ishlash borasida ulkan salohiyatga ega, – deydi Italiyaning “SAFE s.p.a” kompaniyasining bozorni rivojlantirish bo‘yicha menejeri Emmanuel Zannarini. – Gaz to‘ldirish stansiyalari soni ko‘paymoqda, gaz to‘ldirish va yoqilg‘i quyish uskunalari, kompressorlar va gaz ballonlariga bo‘lgan talab ham oshib borayotir. Bu O‘zbekiston bozorining ishlab chiqaruvchilar uchun istiqbolli ekanidan dalolat beradi. Hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdormiz.

Ko‘plab mamlakatlar yoqilg‘i-energetika majmualari rahbarlari, olim va mutaxassislar, ishbilarmon doiralar vakillarining ishtirokidagi “OGU-2014” ko‘rgazmasi tajriba va fikr almashish, o‘zaro manfaatli munosabatlar o‘rnatish, mavjud aloqalarni yanada kengaytirish, hamkorlikdagi yangi loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, shartnomalar tuzish imkonini bermoqda.

Ko‘rgazma doirasida xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiya ham o‘tkaziladi. Unda mamlakatimiz neft-gaz sanoatini rivojlantirish masalalari, muvaffaqiyatli tajriba va xalqaro hamkorlikning yangi imkoniyatlari, yurtimiz neft-gaz sanoatidagi loyihalarni moliyalashtirish va boshqa dolzarb mavzular muhokama etiladi.

“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2014” xalqaro ko‘rgazmasi bilan bir maydonda energetika, energiyani tejash, muqobil energiya manbalari sohasidagi eng so‘nggi yutuqlar namoyish etilayotgan “Energetika – Power Uzbekistan 2014” xalqaro ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tmoqda. Ayni paytda mamlakatimiz energetika tizimlarini modernizatsiya qilish borasidagi loyihalarni amalga oshirish davom ettirilayotgani, chet el investitsiyalari keng jalb etilayotgani ushbu tadbirning dolzarbligidan dalolat beradi. “Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” industrial zonalarida texnik kremniy va fotoelektrik quyosh panellarini ishlab chiqaradigan qo‘shma korxonalar ishga tushirilmoqda.

Ko‘rgazmada Xitoy, Janubiy Koreya, Germaniya, Fransiya, Rossiya, Turkiya va Qozog‘istondan ellikka yaqin kompaniya ishtirok etayotir.

– Kompaniyamiz ekologik meteorologiya va shamol energetikasi bilan shug‘ullanadi, – deydi “GEO-NET Umweltconsulting GmbH” kompaniyasining xalqaro loyihalar bo‘yicha menejeri Vera Vaniyeva (Germaniya). – O‘zbekistonda shamol atlasini ishlab chiqish bo‘yicha Osiyo taraqqiyot bankining tenderida g‘olib chiqdik. Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonada quyosh energetikasini rivojlantirishdan tashqari shamol energetikasini rivojlantirish bo‘yicha ham katta imkoniyatlar mavjud. Bu O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida ekologik toza shamol energiyasidan foydalanish imkonini beradi.

Xitoylik ishlab chiqaruvchilarning keng turdagi mahsulotlari ishtirokchilar va mehmonlar e’tiborini o‘ziga jalb etmoqda. “Chengdu Andisoon Measure Co., Ltd”, “Jiangsu Tongguang Optical Cable Co., Ltd.”, “Sanbian Sci-Tech Co.,Ltd” va boshqa kompaniyalar transformator, generator, elektrodvigatel va boshqa ko‘plab mahsulotlarni namoyish etmoqda. Koreya Respublikasi, Turkiya va Fransiyadan tashrif buyurgan ishlab chiqaruvchilar energetika sohasidagi eng zamonaviy ishlanmalarni taqdim etayotir.

Xalqaro ko‘rgazma doirasida “Energetika – 2014: innovatsiyalar, yechimlar, istiqbollar” mavzusida seminarlar o‘tkaziladi. Ularda energiyadan foydalanish usullarini takomillashtirish, mavjud stansiyalarni modernizatsiya qilish va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha taqdimotlar bo‘lib o‘tadi.

“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2014” va “Energetika – Power Uzbekistan 2014” xalqaro ko‘rgazmalari mamlakatimiz neft-gaz va energetika salohiyatini namoyish etish uchun qulay imkoniyat, shuningdek, eng zamonaviy ishlanma va texnologiyalarni joriy qilish, xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yangi kapital qo‘yilmalarini jalb etish uchun samarali vositadir.

Ko‘rgazmalarning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.Ibragimov so‘zga chiqdi.

manba: www.uza.uz

Investitsiya va ilg’or texnologiyalar mamlakatimiz iqtisodiyotini jadal rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda
Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotida kuzatilayotgan barqaror rivojlanish jarayonini ko’p omillar bilan izohlash mumkin. Xususan, bu borada investitsiyalarning alohida o’rni bor. Negaki, sanoat tarmoqlari salohiyatini oshirish, ishlab chiqarishga innovatsion loyihalarni tatbiq etish, umuman, iqtisodiyotni yuksaltirishda xorijlik sarmoyadorlarga yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti va jalb etilayotgan investitsiyalarni aniq maqsadga yo’naltirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta’kidlash joizki, Navoiy viloyatida Prezidentimizning maxsus Farmoni bilan erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etilishi ushbu yo’nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirib yubordi. O’tgan davr mobaynida vohaning Malikcho’l hududida Janubiy Koreya, Xitoy, AQSh, Germaniya, Italiya, Hindiston, Singapur, Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlar ishbilarmonlari tomonidan kiritilgan 100 million AQSh dollari miqdoridagi sarmoya hisobiga 20 ga yaqin korxona ishga tushirilib, mingdan ziyod kishining bandligi ta’minlangani buning yaqqol tasdig’idir.

Ayni paytda, asosan, hududdagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari mehnat qilayotgan ushbu korxonalarda modem va televizorlar uchun pristavkalar, yuqori kuchlanishga chidamli kabellar, suv isitish qozonlari, mobil va statsionar telefon apparatlari, dori-darmon vositalari singari o’nlab mahsulotlar ishlab chiqarilayotir.

Avtomobilsozlik sanoati uchun zarur ehtiyot qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “UzEraeCable” O’zbekiston — Janubiy Koreya qo’shma korxonasi ana shunday samarali faoliyat yuritayotgan sub’yektlardan biridir. E’tiborlisi, bu yerda mehnat qilayotgan ishchilarning aksariyati yoshlardan iborat. Ular Janubiy Koreya va Italiyadan keltirilgan uskunalarni mohirlik bilan boshqarib, avtomobillar uchun 39 turdagi kabellarni tayyorlashmoqda.

— Imkoniyatlarga boy, bebaho va betakror zaminda yashab, mehnat qilayotganimdan faxrlanaman, — deydi korxonaning sifat nazorati bo’limi boshlig’i Yunus Husenov. — Sababi, yosh bo’lishimga qaramasdan, menga shunday mas’uliyatli vazifani ishonib topshirishdi. Bu ishonchni o’z iqtidorim va mehnatim bilan oqlayman, albatta.

Darhaqiqat, yoshlik inson umrining eng go’zal hamda shijoatli davri hisoblanadi. Bu pallada olingan bilim, o’rganilgan hunar butun umrga tatiydi. Korxonada esa Yunusga o’xshagan bilimli va izlanuvchan yosh mutaxassislar 100 nafarni tashkil etadi. O’tgan yildan boshlab ularning tashabbusi, qolaversa, amalga oshirilgan modernizatsiyalash tadbirlari natijasida o’zimizda ishlab chiqarilayotgan “Cobalt” rusumli yengil avtomobil uchun akkumulyator jgutlari tayyorlash o’zlashtirildi. Joriy yilning 5 oyida esa 47 ming kilometr uzunlikdagi avtomobil kabellari va qariyb 25 ming komplekt akkumulyator jgutlari ishlab chiqarilib, buyurtmachilarga yetkazib berildi. Qo’shma korxonaning texnik direktori Farhod Nazarovning aytishicha, yosh mutaxassislar fikriga tayangan jamoa mazkur ko’rsatkichni yanada oshirish harakatida. Bundan anglashiladiki, jamoa kelgusida yanada yuksak marralarni zabt etishi, shubhasiz.

manba: www.xs.uz

O‘zbekiston – Latviya biznes-forumi – 13.11.2013
Toshkentdagi Xalqaro hamkorlik markazida 13-noyabr kuni O‘zbekiston va Latviya ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir O‘zbekiston – Latviya savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorligini yanada kengaytirish masalalariga bag‘ishlandi. Unda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo, sarmoya, transport va transport kommunikatsiyalari, logistika, bank-moliya, ta’lim, oziq-ovqat, sayyohlik, farmatsevtika, to‘qimachilik kabi sohalari uchun mas’ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyev O‘zbekiston bilan Latviya o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotganini, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2013-yil oktabr oyida Latviya Respublikasiga davlat tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yangi mazmun bilan boyitib, faol hamkorlikni yanada yuqori bosqichga olib chiqdi.

O‘zbekiston bilan Latviya o‘rtasidagi hamkorlik mustahkam huquqiy asosga ega. Savdo-sanoat, sarmoya, transport va transport kommunikatsiyalari, sayyohlik, standartlashtirish, fan-ta’lim kabi ko‘plab sohalar bo‘yicha hamkorlikka oid bitimlar imzolangan. Savdo, iqtisodiyot va sanoat sohasida O‘zbekiston bilan Latviya o‘rtasida eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi joriy qilingan.

Mamlakatlarimiz savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish borasida ulkan salohiyatga ega. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi muntazam oshmoqda. 2012-yilda bu ko‘rsatkich qariyb 20 foiz o‘sib, 246 million AQSh dollaridan oshdi, 2013-yilning yanvar-iyun oylarida esa 126 million AQSh dollarini tashkil qildi. O‘zbekistonda Latviya sarmoyasi ishtirokida tuzilgan yigirma ikki qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Latviyada esa mamlakatimiz kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan qirqdan ortiq korxona ishlab turibdi. Ular mebelsozlik, to‘qimachilik, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash, poligrafiya, logistika, ulgurji savdo va xizmat ko‘rsatish kabi sohalarga ixtisoslashgan. Yurtimizda Boltiqbo‘yidagi ushbu mamlakatning o‘nta yetakchi kompaniyasi o‘z vakolatxonasini ochgan.

O‘zbekiston Latviyaga yuqori sifatli paxta tolasi, motor moylari, farmatsevtika mahsulotlari va boshqa tovarlar yetkazib beradi. Latviya mamlakatimizga uskunalar, transport vositalari, plastmassa eksport qiladi, shuningdek, logistika xizmati ko‘rsatadi.

– Mazkur biznes-forum ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun yana bir qulay imkoniyatdir, – dedi Latviya Respublikasi transport vaziri Anriys Matiss. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning joriy yilning oktabr oyida Latviyaga davlat tashrifi chog‘ida transport va yuklar tranziti, savdo aloqalarini kengaytirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, investitsiyaviy hamkorlikka oid imzolangan qator hujjatlar ushbu sohalardagi aloqalarni yanada faollashtirishda muhim omil bo‘lmoqda. Mamlakatlarimiz transport, tranzit yuk tashish, aviatashuv kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirish borasida katta salohiyatga ega.

Forumda latviyalik ishbilarmonlarga mamlakatimiz iqtisodiyotiga sarmoya jalb etishning muhim yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Mehmonlar yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar samaralari, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi va “Angren” maxsus industrial zonasida sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulaylik, imkoniyat va imtiyozlar bilan atroflicha tanishtirildi.

Anjumanda ikki mamlakat o‘rtasida savdo, iqtisodiyot, sarmoya, transport va logistika, temir yo‘l, to‘qimachilik, oziq-ovqat kabi sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, Latviya kompaniyalarini mamlakatimizdagi xususiylashtirish jarayoniga keng jalb etishga oid masalalar muhokama qilindi.

Biznes-forum yakunida O‘zbekistonning qator kompaniya va korxonalari hamda Latviya ishbilarmonlari ishtirokida kooperatsion birja o‘tkazildi. Unda Latviya ishbilarmonlari o‘zbekistonlik sheriklar bilan birgalikda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishib oldilar.

manba: www.uza.uz

 

Jamiyat

 

O’zbekistonlik olim xalqaro mukofot sovrindori
«Jahon» AA, Dehli – O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 23-yilligi arafasida Hindiston prezidenti Pranab Mukerji Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti Janubiy Osiyo tillari kafedrasi professori, ushbu oliy o’quv yurti huzuridagi Hindshunoslik markazi raisi Ozod Shomatovni doktor Jorj Grirson nomidagi xalqaro mukofot bilan taqdirladi.
Mukofotni topshirish marosimidan so’ng professor O.Shomatov “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusida quyidagilarni ta’kidlab o’tdi:
– Xalqimizning eng ulug’ ayyomi bo’lgan Mustaqillik bayrami arafasida menga Hindiston prezidenti Pranab Mukerji janoblari tomonidan doktor Jorj Grirson nomidagi xalqaro mukofotning topshirilishi o’zbek hindshunoslari uchun yana bir quvonchli kun bo’ldi, deb o’ylayman.

Ayni damda ushbu mukofot mamlakatimizda xorijiy tillar va madaniyatlarning o’rganilishiga, ilm-fanning rivojlanishi hamda bu borada yurtimizda Prezident Islom Karimov rahnomoligida olib borilayotgan islohotlarga xalqaro jamoatchilikning yuksak e’tibori hamdir, desam, mubolag’a bo’lmaydi.

Ma’lumki, Hindiston ham xuddi O’zbekiston kabi qadimiy madaniyat va tamaddunlarning o’chog’idir. Xalqlarimiz o’rtasidagi do’stlik va madaniy aloqalar tarixi juda olislarga borib taqaladi. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng ushbu munosabatlar yanada taraqqiy etib, bugungi kunda mamlakatlarimiz o’rtasida barcha sohalarda, xususan, ilmiy-akademik yo’nalishda ham mustahkam aloqalar yo’lga qo’yilgan. Oliy o’quv yurtlari o’rtasida birgalikda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, o’zaro talaba va o’qituvchilar almashinuvlari fikrimning dalilidir.

Men 40 yildan buyon O’zbekiston va Hindiston o’rtasidagi o’zaro aloqalarning rivojlanishiga sidqidildan xizmat qildim, ko’plab hindshunos olimlarni tarbiyaladim. Bundan keyin ham ushbu yo’nalishdagi ishlarimni davom ettiraman va o’ylaymanki, kelajakda vatandoshlarimizning boshqa sohalardagi mehnatlari ham xalqaro hamjamiyat tomonidan munosib taqdirlanadi.

Mehr va e’tibor og‘ushida
Poytaxtimizdagi 22-Mehribonlik uyida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining 23-yilligiga bag‘ishlab “Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go‘zal O‘zbekistonim!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Mazkur fond boshqaruvi raisi S.Inomova va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarning har jihatdan sog‘lom va barkamol bo‘lib o‘sishi, hech kimdan kam bo‘lmagan sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishiga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Qabul qilinayotgan qonun va qarorlar, davlat dasturlari asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar zamirida ham ushbu ezgu maqsad mujassam.

«Sog‘lom bola yili» Davlat dasturi doirasida oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish, tarbiyaviy ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish, yoshlar ongini yot g‘oyalarning salbiy ta’siridan himoyalashga doir ishlar ko‘lami kengaymoqda. Bu alohida ehtiyojli bolalar imkoniyatlarini oshirishga qaratilayotgan e’tiborning yana bir amaliy ifodasidir.

Mamlakatimizda yosh avlodning puxta ta’lim olishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida kamol topishi, salomatligini mustahkamlashi, qiziqishiga ko‘ra kasb-hunar egallashi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining shu yil 1-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan tadbirda yig‘ilganlarga sohada erishilgan yutuqlar xususida so‘zlab berildi.

– Yoshlarga ko‘rsatilayotgan yuksak mehr-e’tibor bizni faollik va tashabbuskorlikka undamoqda, – deydi Chilonzor tumanidagi 128-maktab o‘quvchisi Saodat Abbosova. – Berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, a’lo o‘qishga, kelgusida o‘z mehnatimiz bilan Vatanimizning yanada gullab-yashnashiga munosib hissa qo‘shishga harakat qilamiz.

manba: www.uza.uz

Музеи и библиотеки.
В советское время в Узбекистане были созданы многочисленные музеи и библиотеки. Крупные художественные, этнографические и исторические музеи находятся в Ташкенте, Бухаре, Самарканде, Хиве, Нукусе и других городах. Практически каждый город Узбекистана имеет собственный краеведческий музей. В библиотеках Ташкента, Самарканда и Бухары хранятся обширные собрания не только книг, но и древних рукописей. В 1996 в Ташкенте был открыт музей, посвященный жизни и деятельности Тамерлана, великого завоевателя 14 в. 
O‘zbekiston tinchlik tarafdori
Insoniyat urush balosi va tinchlik qadrini shu qadar chuqur idrok etadiki, tillar paydo bo‘lgan zamonlardan buyon odamlar bir-biri bilan yuz ko‘rishganda ham, xayrlashayotganda ham avvalo tinchlik tilaydi. Salom – tinchlik, xayr – yaxshilik, ezgulik, demakdir. Oxiri baxayr bo‘lsin, degan gapni ham ko‘p takrorlaymiz. Zero, eng mudhish yovuzlik urush bo‘lsa, barcha hayotiy ne’matlarning zamiri tinchlikdir.

O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki kunlaridan tinchlikparvar tashqi siyosat yuritib kelmoqda. Bu siyosat avvalo Prezidentimiz Islom Karimov davlat rahbarlari orasida birinchi bo‘lib BMT minbaridan jahon ahli e’tiborini Afg‘onistonga qaratganida, terrorizm va ekstremizmning vayronkor xavfi haqida ogohlantirganida namoyon bo‘ldi.

O‘tgan asrning 90-yillarida xavfsizlikka tahdidlar, ularning mohiyati va tub sabablari bugungichalik dolzarblik kasb etmagan edi. Keyinchalik qator mamlakatlarda yuzaga kelgan qaltisliklar, terrorizm va ekstremizmning xalqaro miqyosda faollashuvi, boshqa tahdidlarning maydonga chiqishi O‘zbekiston rahbariyatining qarashlari qanchalik asosli ekanini ko‘rsatdi. Bugun xavfsizlik masalasi har qanday xalqaro uchrashuv, xalqaro anjumanning asosiy mavzularidan biriga aylangan.

O‘zbekiston hamisha har qanday muammoni murosa bilan, muzokaralar orqali hal qilish tarafdori bo‘lib kelgan. Xususan, Afg‘oniston muammosiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Prezident Islom Karimovning bu mamlakatdagi vaziyatni faqat harbiy kuch ishlatish orqali o‘nglab bo‘lmasligi to‘g‘risidagi fikri bugun xalqaro maydonda keng e’tirof etilmoqda. Davlatimiz rahbari Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish uchun qarama-qarshi tomonlarni murosaga keltirish, qator iqtisodiy va gumanitar masalalarni hal qilish, xalqning urf-odatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish zarurligini ta’kidlab keladi. Xalqaro ekspertlar bu fikrlar to‘g‘ri ekanini qayd etadi.

Shu bois O‘zbekiston Afg‘oniston bilan munosabatlarni ikki tomonlama asosda rivojlantirish tarafdori ekanini bayon etib keladi va amalda bu g‘oyani hayotga tatbiq etmoqda. Afg‘onistonda bunyod etilgan yo‘llar, ko‘priklar, bu mamlakatga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi ana shunday ikki tomonlama hamkorlikning yorqin tasdig‘idir.

Tinchlikparvar siyosat turli harbiy bloklarga qo‘shilmaslik g‘oyasida ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Zero, mohiyatan qanday asosda tuzilgan bo‘lishidan qat’i nazar, har qanday blok qaysidir davlat yo davlatlar guruhiga qarshi qo‘yiladi. Ikkinchi jihati esa harbiy blok muayyan darajada mamlakat mustaqilligiga daxl qiladi. Chunki boshqa davlatlar qatorida harbiy harakatlar olib borish majburiyatini yuklaydi. O‘zbekiston harbiylari mamlakatimizning hududiy yaxlitligini, suverenitetini himoya qiladi, chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlaydi. Bu maqsadlar bloklar doirasidagi vazifalardan keskin farq qilishi esa barchaga ayon.

Urush hammaga juda og‘ir soliq soladi, bu soliqni erkak qon bilan, ayol ko‘z yoshi bilan to‘laydi, deydilar. Bir oila boshiga tushgan musibatning o‘zi qanchalar ayanchli. Shu nuqtai nazardan qaraganda, butun mamlakatning musibati nechog‘li katta fojia bo‘lishini tasavvur qilish ham mushkul. Bugun Suriya, Iroq yoki Liviyada, MDH makonidagi ayrim mintaqalarda oddiy odamlar qanday dahshatli o‘y-xayollar, qanday og‘ir tashvishlar bilan hayot kechirayotganini eshitgan-ko‘rgan har qanday odam boshi uzra musaffo osmonni ko‘rib shukrona aytadi.

Tinchlik – g‘oyat keng tushuncha. Mamlakatda ichki barqarorlikni ta’minlash va mustahkamlash O‘zbekiston tinchlikparvar siyosatining alohida yo‘nalishidir. Biz shahar yo qishloq, yorug‘ yoki qorong‘u bo‘lishidan qat’i nazar xavotir va hadiksiz istagan joyimizga boramiz, farzandlarimizni o‘qishga, to‘garaklarga kuzatamiz va kutib olamiz. Ertamiz haqida o‘ylaganda tushkunlikka tushmaymiz. Yana necha mamlakatga shunday ta’rif berish mumkin?!

Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki kabi yirik xalqaro moliya muassasalari O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot o‘sishi sakkiz foizdan kam bo‘lmay kelayotganini e’tirof etadi. Bugungi taraqqiyot, bunyodkorlik, farovonlikning bosh omili ham mana shu tinch-osuda hayotdir. Aytaylik, sarmoyador notinch o‘lka iqtisodiyotiga pul tikadimi? Yoki biror mamlakatda buzg‘unchi siyosat yuritayotgan davlat bilan savdo qilishga ishtiyoq bo‘ladimi? Javob aniq – yo‘q!

Insonlarni muhabbat, do‘stlik, totuvlik birlashtiradi. Ayni paytda ofatga qarshi nafrat ham odamlarni yaqinlashtiradi. Bugun O‘zbekiston ahli o‘zaro do‘stlik, totuvlik bilan bir qatorda urushga nafrat, tinchlikka muhabbat bilan jipsdir, deyish uchun asoslar yetarli.

manba: www.uza.uz