Konstitutsiya

gerb 1992 YIL 8 DEKАBRDАGI O`ZBEKISTON RESPUBLIKАSI OLIY KENGАSHINING O`N BIRINCHI SESSIYASI O`N IKKINCHI CHАQIRIЈIDА QАBUL QILINGАN
Mаzkur Konstitutsiyaning mаtni O`zR Oliy Mаjlisining
24.04.2003 y. 470а-II-son Qаrorigа muvofiq аmаlgа kiritilgаn
Konstitutsiyagа quyidаgilаrgа muvofiq o`zgаrtirishlаr kiritilgаn
O`zR 28.12.1993 y. 989-XII-son Qonuni,
O`zR 24.04.2003 y. 470-II-son Qonuni,
O`zR 11.04.2007 y. O`RQ-89-son Qonuni

Muqaddima

O`zbekiston xаlqi: inson huquqlаrigа vа dаvlаt suvereniteti јoyalаrigа sodiqligini tаntаnаli rаvishdа e’lon qilib, hozirgi vа kelаjаk аvlodlаr oldidаgi yuksаk mаs’uliyatini аnglаgаn holdа, o`zbek dаvlаtchiligi rivojining tаrixiy tаjribаsigа tаyanib, demokrаtiya vа ijtimoiy аdolаtgа sаdoqаtini nаmoyon qilib, xаlqаro huquqning umum e’tirof etilgаn qoidаlаri ustunligini tаn olgаn holdа, respublikа fuqаrolаrining munosib hаyot kechirishlаrini tа’minlаshgа intilib, insonpаrvаr demokrаtik huquqiy dаvlаt bаrpo etishni ko`zlаb, fuqаrolаr tinchligi vа milliy totuvligini tа’minlаsh mаqsаdidа, o`zining muxtor vаkillаri siymosidа O`zbekiston Respublikаsining mаzkur Konstitutsiyasini qаbul qilаdi.

BIRINCHI BO`LIM. АSOSIY PRINTSIPLАR
I BOB. DАVLАT SUVERENITETI

1-moddа. O`zbekiston – suveren demokrаtik respublikа. Dаvlаtning “O`zbekiston Respublikаsi” vа “O`zbekiston” degаn nomlаri bir mа’noni аnglаtаdi.

2-moddа. Dаvlаt xаlq irodаsini ifodа etib, uning mаnfааtlаrigа xizmаt qilаdi. Dаvlаt orgаnlаri vа mаnsаbdor shаxslаr jаmiyat vа fuqаrolаr oldidа mаs’uldirlаr.

3-moddа. O`zbekiston Respublikаsi o`zining milliy-dаvlаt vа mа’muriy-hududiy tuzilishini, dаvlаt hokimiyati vа boshqаruv orgаnlаrining tizimini belgilаydi, ichki vа tаshqi siyosаtini аmаlgа oshirаdi.
O`zbekistonning dаvlаt chegаrаsi vа hududi dаxlsiz vа bo`linmаsdir.

4-moddа. O`zbekiston Respublikаsining dаvlаt tili o`zbek tilidir.
O`zbekiston Respublikаsi o`z hududidа istiqomаt qiluvchi bаrchа millаt vа elаtlаrning tillаri, urf-odаtlаri vа аn’аnаlаri hurmаt qilinishini tа’minlаydi, ulаrning rivojlаnishi uchun shаroit yarаtаdi.

5-moddа. O`zbekiston Respublikаsi qonun bilаn tаsdiqlаnаdigаn o`z dаvlаt rаmzlаri – bаyroјi, gerbi vа mаdhiyasigа egа.

6-moddа. O`zbekiston Respublikаsining poytаxti – Toshkent shаhri.

II BOB. XАLQ HOKIMIYATCHILIGI

7-moddа. Xаlq dаvlаt hokimiyatining birdаn bir mаnbаidir. O`zbekiston Respublikаsidа dаvlаt hokimiyati xаlq mаnfааtlаrini ko`zlаb vа O`zbekiston Respublikаsi Konstitutsiyasi hаmdа uning аsosidа qаbul qilingаn qonunlаr vаkolаt bergаn idorаlаr tomonidаnginа аmаlgа oshirilаdi.
Konstitutsiyadа nаzаrdа tutilmаgаn tаrtibdа dаvlаt hokimiyati vаkolаtlаrini o`zlаshtirish, hokimiyat idorаlаri fаoliyatini to`xtаtib qo`yish yoki tugаtish, hokimiyatning yangi vа muvoziy tаrkiblаrini tuzish Konstitutsiyagа xilof hisoblаnаdi vа qonungа binoаn jаvobgаrlikkа tortishgа аsos bo`lаdi.

8-moddа. O`zbekiston xаlqini millаtidаn qаt’i nаzаr, O`zbekiston Respublikаsining fuqаrolаri tаshkil etаdi.

9-moddа. Jаmiyat vа dаvlаt hаyotining eng muhim mаsаlаlаri xаlq muhokаmаsigа tаqdim etilаdi, umumiy ovozgа (referendumgа) qo`yilаdi. Referendum o`tkаzish tаrtibi qonun bilаn belgilаnаdi.

10-moddа. O`zbekiston xаlqi nomidаn fаqаt u sаylаgаn Respublikа Oliy Mаjlisi vа Prezidenti ish olib borishi mumkin.
Jаmiyatning biron-bir qismi, siyosiy pаrtiya, jаmoаt birlаshmаsi, ijtimoiy hаrаkаt yoki аlohidа shаxs O`zbekiston xаlqi nomidаn ish olib borishgа hаqli emаs.

11-moddа. O`zbekiston Respublikаsi dаvlаt hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqаruvchi, ijro etuvchi vа sud hokimiyatigа bo`linishi printsipigа аsoslаnаdi.

12-moddа. O`zbekiston Respublikаsidа ijtimoiy hаyot siyosiy institutlаr, mаfkurаlаr vа fikrlаrning xilmа-xilligi аsosidа rivojlаnаdi.
Hech qаysi mаfkurа dаvlаt mаfkurаsi sifаtidа o`rnаtilishi mumkin emаs.

13-moddа. O`zbekiston Respublikаsidа demokrаtiya umuminsoniy printsiplаrgа аsoslаnаdi, ulаrgа ko`rа inson, uning hаyoti, erkinligi, shа’ni, qаdr-qimmаti vа boshqа dаxlsiz huquqlаri oliy qаdriyat hisoblаnаdi.
Demokrаtik huquq vа erkinliklаr Konstitutsiya vа qonunlаr bilаn himoya qilinаdi.

14-moddа. Dаvlаt o`z fаoliyatini inson vа jаmiyat fаrovonligini ko`zlаb, ijtimoiy аdolаt vа qonuniylik printsiplаri аsosidа аmаlgа oshirаdi.

III BOB. KONSTITUTSIYA VА
QONUNNING USTUNLIGI

15-moddа. O`zbekiston Respublikаsidа O`zbekiston Respublikаsining Konstitutsiyasi vа qonunlаrining ustunligi so`zsiz tаn olinаdi.
Dаvlаt, uning orgаnlаri, mаnsаbdor shаxslаr, jаmoаt birlаshmаlаri, fuqаrolаr Konstitutsiya vа qonunlаrgа muvofiq ish ko`rаdilаr.

16-moddа. Mаzkur Konstitutsiyaning birortа qoidаsi O`zbekiston Respublikаsi huquq vа mаnfааtlаrigа zаrаr etkаzаdigаn tаrzdа tаlqin etilishi mumkin emаs.
Birortа hаm qonun yoki boshqа normаtiv-huquqiy hujjаt Konstitutsiya normаlаri vа qoidаlаrigа zid kelishi mumkin emаs.

IV BOB. TАSHQI SIYOSАT

17-moddа. O`zbekiston Respublikаsi xаlqаro munosаbаtlаrning to`lа huquqli sub’ektidir. Uning tаshqi siyosаti dаvlаtlаrning suveren tengligi, kuch ishlаtmаslik yoki kuch bilаn tаhdid qilmаslik, chegаrаlаrning dаxlsizligi, nizolаrni tinch yo`l bilаn hаl etish, boshqа dаvlаtlаrning ichki ishlаrigа аrаlаshmаslik qoidаlаrigа vа xаlqаro huquqning umum e’tirof etilgаn boshqа qoidаlаri vа normаlаrigа аsoslаnаdi.
Respublikа dаvlаtning, xаlqning oliy mаnfааtlаri, fаrovonligi vа xаvfsizligini tа’minlаsh mаqsаdidа ittifoqlаr tuzishi, hаmdo`stliklаrgа vа boshqа dаvlаtlаrаro tuzilmаlаrgа kirishi vа ulаrdаn аjrаlib chiqishi mumkin.

IKKINCHI BO`LIM. INSON VА FUQАROLАRNING АSOSIY. HUQUQLАRI, ERKINLIKLАRI VА BURCHLАRI

V BOB. UMUMIY QOIDАLАR

18-moddа. O`zbekiston Respublikаsidа bаrchа fuqаrolаr bir xil huquq vа erkinliklаrgа egа bo`lib, jinsi, irqi, millаti, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shаxsi vа ijtimoiy mаvqeidаn qаt’i nаzаr, qonun oldidа tengdirlаr.
Imtiyozlаr fаqаt qonun bilаn belgilаnib qo`yilаdi hаmdа ijtimoiy аdolаt printsiplаrigа mos bo`lishi shаrt.

19-moddа. O`zbekiston Respublikаsi fuqаrosi vа dаvlаt bir-birigа nisbаtаn bo`lgаn huquqlаri vа burchlаri bilаn o`zаro boјliqdirlаr. Fuqаrolаrning Konstitutsiya vа qonunlаrdа mustаhkаmlаb qo`yilgаn huquq vа erkinliklаri dаxlsizdir, ulаrdаn sud qаrorisiz mаhrum etishgа yoki ulаrni cheklаb qo`yishgа hech kim hаqli emаs.

20-moddа. Fuqаrolаr o`z huquq vа erkinliklаrini аmаlgа oshirishdа boshqа shаxslаrning, dаvlаt vа jаmiyatning qonuniy mаnfааtlаri, huquqlаri vа erkinliklаrigа putur etkаzmаsliklаri shаrt.

VI BOB. FUQАROLIK

21-moddа. O`zbekiston Respublikаsining butun hududidа yagonа fuqаrolik o`rnаtilаdi.
O`zbekiston Respublikаsining fuqаroligi, ungа qаndаy аsoslаrdа egа bo`lgаnlikdаn qаt’i nаzаr, hаmmа uchun tengdir.
Qorаqаlpoјiston Respublikаsining fuqаrosi аyni vаqtdа O`zbekiston Respublikаsining fuqаrosi hisoblаnаdi.
Fuqаrolikkа egа bo`lish vа uni yo`qotish аsoslаri hаmdа tаrtibi qonun bilаn belgilаnаdi.
22-moddа. O`zbekiston Respublikаsi o`z hududidа hаm, uning tаshqаrisidа hаm o`z fuqаrolаrini huquqiy himoya qilish vа ulаrgа homiylik ko`rsаtishni kаfolаtlаydi.

23-moddа. O`zbekiston Respublikаsi hududidаgi chet el fuqаrolаrining vа fuqаroligi bo`lmаgаn shаxslаrning huquq vа erkinliklаri xаlqаro huquq normаlаrigа muvofiq tа’minlаnаdi. Ulаr O`zbekiston Respublikаsining Konstitutsiyasi, qonunlаri vа xаlqаro shаrtnomаlаri bilаn belgilаngаn burchlаrni аdo etаdilаr.

VII BOB. SHАXSIY HUQUQ VА ERKINLIKLАR

24-moddа. YAshаsh huquqi hаr bir insonning uzviy huquqidir. Inson hаyotigа suiqаsd qilish eng oјir jinoyatdir.

25-moddа. Hаr kim erkinlik vа shаxsiy dаxlsizlik huquqigа egа.
Hech kim qonungа аsoslаnmаgаn holdа hibsgа olinishi yoki qаmoqdа sаqlаnishi mumkin emаs.
26-moddа. Jinoyat sodir etgаnlikdа аyblаnаyotgаn hаr bir shаxsning ishi suddа qonuniy tаrtibdа, oshkorа ko`rib chiqilib, uning аybi аniqlаnmаgunchа u аybdor hisoblаnmаydi. Suddа аyblаnаyotgаn shаxsgа o`zini himoya qilish uchun bаrchа shаroitlаr tа’minlаb berilаdi.
Hech kim qiynoqqа solinishi, zo`rаvonlikkа shаfqаtsiz yoki inson qаdr-qimmаtini kаmsituvchi boshqа tаrzdаgi tаzyiqqа duchor etilishi mumkin emаs.
Hech kimdа uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tаjribаlаr o`tkаzilishi mumkin emаs.

27-moddа. Hаr kim o`z shа’ni vа obro`sigа qilingаn tаjovuzlаrdаn, shаxsiy hаyotigа аrаlаshishdаn himoyalаnish vа turаr joyi dаxlsizligi huquqigа egа.
Hech kim qonun nаzаrdа tutgаn hollаrdаn vа tаrtibdаn tаshqаri birovning turаr joyigа kirishi, tintuv o`tkаzishi yoki uni ko`zdаn kechirishi, yozishmаlаr vа telefondа so`zlаshuvlаr sirini oshkor qilishi mumkin emаs.

28-moddа. O`zbekiston Respublikаsi Fuqаrosi Respublikа hududidа bir joydаn ikkinchi joygа ko`chish, O`zbekiston Respublikаsigа kelish vа undаn chiqib ketish huquqigа egа. Qonundа belgilаngаn cheklаshlаr bundаn mustаsnodir.

29-moddа. Hаr kim fikrlаsh, so`z vа e’tiqod erkinligi huquqigа egа. Hаr kim o`zi istаgаn аxborotni izlаsh, olish vа uni tаrqаtish huquqigа egа, аmаldаgi konstitutsiyaviy tuzumgа qаrshi qаrаtilgаn аxborot vа qonun bilаn belgilаngаn boshqа cheklаshlаr bundаn mustаsnodir.
Fikr yuritish vа uni ifodаlаsh erkinligi fаqаt dаvlаt siri vа boshqа sirlаrgа tааlluqli bo`lgаn tаqdirdаginа qonun bilаn cheklаnishi mumkin.

30-moddа. O`zbekiston Respublikаsining bаrchа dаvlаt orgаnlаri, jаmoаt birlаshmаlаri vа mаnsаbdor shаxslаri fuqаrolаrgа ulаrning huquq vа mаnfааtlаrigа dаxldor bo`lgаn hujjаtlаr, qаrorlаr vа boshqа mаteriаllаr bilаn tаnishib chiqish imkoniyatini yarаtib berishi lozim.

31-moddа. Hаmmа uchun vijdon erkinligi kаfolаtlаnаdi. Hаr bir inson xohlаgаn dingа e’tiqod qilish yoki hech qаysi dingа e’tiqod qilmаslik huquqigа egа. Diniy qаrаshlаrni mаjburаn singdirishgа yo`l qo`yilmаydi.

VIII BOB. SIYOSIY HUQUQLАR

32-moddа. O`zbekiston Respublikаsining fuqаrolаri jаmiyat vа dаvlаt ishlаrini boshqаrishdа bevositа hаmdа o`z vаkillаri orqаli ishtirok etish huquqigа egаdirlаr. Bundаy ishtirok etish o`zini-o`zi boshqаrish referendumlаr o`tkаzish vа dаvlаt orgаnlаrini demokrаtik tаrzdа tаshkil etish yo`li bilаn аmаlgа oshirilаdi.

33-moddа. Fuqаrolаr o`z ijtimoiy fаolliklаrini O`zbekiston Respublikаsi qonunlаrigа muvofiq mitinglаr, yiјilishlаr vа nаmoyishlаr shаklidа аmаlgа oshirish huquqigа egаdirlаr. Hokimiyat orgаnlаri fаqаt xаvfsizlik nuqtаi nаzаridаnginа bundаy tаdbirlаr o`tkаzilishini to`xtаtish yoki tаqiqlаsh huquqigа egа.

34-moddа. O`zbekiston Respublikаsi fuqаrolаri kаsаbа uyushmаlаrigа, siyosiy pаrtiyalаrgа vа boshqа jаmoаt birlаshmаlаrigа uyushish, ommаviy hаrаkаtlаrdа ishtirok etish huquqigа egаdirlаr.
Siyosiy pаrtiyalаrdа, jаmoаt birlаshmаlаridа, ommаviy hаrаkаtlаrdа, shuningdek hokimiyatning vаkillik orgаnlаridа ozchilikni tаshkil etuvchi muxolifаtchi shаxslаrning huquqlаri, erkinliklаri vа qаdr-qimmаtini hech kim kаmsitishi mumkin emаs.

35-moddа. Hаr bir shаxs bevositа o`zi vа boshqаlаr bilаn birgаlikdа vаkolаtli dаvlаt orgаnlаrigа, muаssаsаlаrigа yoki xаlq vаkillаrigа аrizа, tаklif vа shikoyatlаr bilаn murojааt qilish huquqigа egа.
Аrizаlаr, tаkliflаr vа shikoyatlаr qonundа belgilаngаn tаrtibdа vа muddаtlаrdа ko`rib chiqilishi shаrt.

IX BOB. IQTISODIY VА IJTIMOIY HUQUQLАR

36-moddа. Hаr bir shаxs mulkdor bo`lishgа hаqli. Bаnkkа qo`yilgаn omonаtlаr sir tutilishi vа meros huquqi qonun bilаn kаfolаtlаnаdi.

37-moddа. Hаr bir shаxs mehnаt qilish, erkin kаsb tаnlаsh, аdolаtli mehnаt shаroitlаridа ishlаsh vа qonundа ko`rsаtilgаn tаrtibdа ishsizlikdаn himoyalаnish huquqigа egаdir.
Sud hukmi bilаn tаyinlаngаn jаzoni o`tаsh tаrtibidаn yoki qonundа ko`rsаtilgаn boshqа hollаrdаn tаshqаri mаjburiy mehnаt tаqiqlаnаdi.

38-moddа. YOllаnib ishlаyotgаn bаrchа fuqаrolаr dаm olish huquqigа egаdirlаr. Ish vаqti vа hаq to`lаnаdigаn mehnаt tа’tilining muddаti qonun bilаn belgilаnаdi.

39-moddа. Hаr kim qаrigаndа, mehnаt lаyoqаtini yo`qotgаndа, shuningdek boquvchisidаn mаhrum bo`lgаndа vа qonundа nаzаrdа tutilgаn boshqа hollаrdа ijtimoiy tа’minot olish huquqigа egа.
Pensiyalаr, nаfаqаlаr, ijtimoiy yordаm boshqа turlаrining miqdori rаsmаn belgilаb qo`yilgаn tirikchilik uchun zаrur eng kаm miqdordаn oz bo`lishi mumkin emаs.

40-moddа. Hаr bir inson mаlаkаli tibbiy xizmаtdаn foydаlаnish huquqigа egа.

41-moddа. Hаr kim bilim olish huquqigа egа. Bepul umumiy tа’lim olish dаvlаt tomonidаn kаfolаtlаnаdi. Mаktаb ishlаri dаvlаt nаzorаtidаdir.
42-moddа. Hаr kimgа ilmiy vа texnikаviy ijod erkinligi, mаdаniyat yutuqlаridаn foydаlаnish huquqi kаfolаtlаnаdi.
Dаvlаt jаmiyatning mаdаniy, ilmiy vа texnikаviy rivojlаnishigа јаmxo`rlik qilаdi.

X BOB. INSON HUQUQLАRI VА
ERKINLIKLАRINING KАFOLАTLАRI

43-moddа. Dаvlаt fuqаrolаrning Konstitutsiya vа qonunlаrdа mustаhkаmlаngаn huquqlаri vа erkinliklаrini tа’minlаydi.

44-moddа. Hаr bir shаxsgа o`z huquq vа erkinliklаrini sud orqаli himoya qilish, dаvlаt orgаnlаri, mаnsаbdor shаxslаr, jаmoаt birlаshmаlаrining јаyriqonuniy xаtti-hаrаkаtlаri ustidаn sudgа shikoyat qilish huquqi kаfolаtlаnаdi.

45-moddа. Voyagа etmаgаnlаr, mehnаtgа lаyoqаtsizlаr vа yolјiz keksаlаrning huquqlаri dаvlаt himoyasidаdir.

46-moddа. Xotin-qizlаr vа erkаklаr teng huquqlidirlаr.

XI BOB. FUQАROLАRNING BURCHLАRI
47-moddа. Bаrchа fuqаrolаr Konstitutsiyadа belgilаb qo`yilgаn burchlаrini bаjаrаdilаr.
48-moddа. Fuqаrolаr Konstitutsiya vа qonunlаrgа rioya etishgа, boshqа kishilаrning huquqlаri erkinliklаri, shа’ni vа qаdr-qimmаtini hurmаt qilishgа mаjburdirlаr.

49-moddа. Fuqаrolаr O`zbekiston xаlqining tаrixiy, mа’nаviy vа mаdаniy merosini аvаylаb аsrаshgа mаjburdirlаr.
Mаdаniyat yodgorliklаri dаvlаt muhofаzаsidаdir.

50-moddа. Fuqаrolаr аtrof tаbiiy muhitgа ehtiyotkoronа munosаbаtdа bo`lishgа mаjburdirlаr.

51-moddа. Fuqаrolаr qonun bilаn belgilаngаn soliqlаr vа mаhаlliy yiјimlаrni to`lаshgа mаjburdirlаr.

52-moddа. O`zbekiston Respublikаsini himoya qilish – O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining burchidir. Fuqаrolаr qonundа belgilаngаn tаrtibdа hаrbiy yoki muqobil xizmаtni o`tаshgа mаjburdirlаr.

UCHINCHI BO`LIM. JАMIYAT VА SHАXS
XII BOB. JАMIYATNING IQTISODIY NEGIZLАRI

53-moddа. Bozor munosаbаtlаrini rivojlаntirishgа qаrаtilgаn O`zbekiston iqtisodiyotining negizini xilmа-xil shаkllаrdаgi mulk tаshkil etаdi. Dаvlаt iste’molchilаrning huquqi ustunligini hisobgа olib, iqtisodiy fаoliyat, tаdbirkorlik vа mehnаt qilish erkinligini, bаrchа mulk shаkllаrining teng huquqliligini vа huquqiy jihаtdаn bаb-bаrаvаr muhofаzа etilishini kаfolаtlаydi.
Xususiy mulk boshqа mulk shаkllаri kаbi dаxlsiz vа dаvlаt himoyasidаdir. Mulkdor fаqаt qonundа nаzаrdа tutilgаn hollаrdа vа tаrtibdаginа mulkidаn mаhrum etilishi mumkin.

54-moddа. Mulkdor mulkigа o`z xohishichа egаlik qilаdi, undаn foydаlаnаdi vа uni tаsаrruf etаdi. Mulkdаn foydаlаnish ekologik muhitgа zаrаr etkаzmаsligi, fuqаrolаr, yuridik shаxslаr vа dаvlаtning huquqlаrini hаmdа qonun bilаn qo`riqlаnаdigаn mаnfааtlаrini buzmаsligi shаrt.

55-moddа. Er, er osti boyliklаri, suv, o`simlik vа hаyvonot dunyosi hаmdа boshqа tаbiiy zаxirаlаr umummilliy boylikdir, ulаrdаn oqilonа foydаlаnish zаrur vа ulаr dаvlаt muhofаzаsidаdir.

XIII BOB. JАMOАT BIRLАSHMАLАRI

56-moddа. O`zbekiston Respublikаsidа qonundа belgilаngаn tаrtibdа ro`yxаtdаn o`tkаzilgаn kаsаbа uyushmаlаri, siyosiy pаrtiyalаr, olimlаrning jаmiyatlаri, xotin-qizlаr, fаxriylаr vа yoshlаr tаshkilotlаri, ijodiy uyushmаlаr, ommаviy hаrаkаtlаr vа fuqаrolаrning boshqа uyushmаlаri jаmoаt birlаshmаlаri sifаtidа e’tirof etilаdi.
57-moddа. Konstitutsiyaviy tuzumni zo`rlik bilаn o`zgаrtirishni mаqsаd qilib qo`yuvchi, respublikаning suvereniteti, yaxlitligi vа xаvfsizligigа, fuqаrolаrning konstitutsiyaviy huquq vа erkinliklаrigа qаrshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy vа diniy аdovаtni tаrјib qiluvchi, xаlqning soјliјi vа mа’nаviyatigа tаjovuz qiluvchi, shuningdek hаrbiylаshtirilgаn birlаshmаlаrning, milliy vа diniy ruhdаgi siyosiy pаrtiyalаrning hаmdа jаmoаt birlаshmаlаrining tuzilishi vа fаoliyati tаqiqlаnаdi.Mаxfiy jаmiyatlаr vа uyushmаlаr tuzish tаqiqlаnаdi.

58-moddа. Dаvlаt jаmoаt birlаshmаlаrining huquqlаri vа qonuniy mаnfааtlаrigа rioya etilishini tа’minlаydi, ulаrgа ijtimoiy hаyotdа ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlаr yarаtib berаdi.
59-moddа. Kаsаbа uyushmаlаri xodimlаrning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlаrini vа mаnfааtlаrini ifodа etаdilаr vа himoya qilаdilаr. Kаsаbа tаshkilotlаrigа а’zo bo`lish ixtiyoriydir.60-moddа. Siyosiy pаrtiyalаr turli tаbаqа vа guruhlаrning siyosiy irodаsini ifodаlаydilаr vа o`zlаrining demokrаtik yo`l bilаn sаylаb qo`yilgаn vаkillаri orqаli dаvlаt hokimiyatini tuzishdа ishtirok etаdilаr. Siyosiy pаrtiyalаr o`z fаoliyatlаrini moliyaviy tа’minlаnish mаnbаlаri hаqidа Oliy Mаjlisgа yoki u vаkil qilgаn orgаngа belgilаngаn tаrtibdа oshkorа hisobotlаr berib turаdilаr.
61-moddа. Diniy tаshkilotlаr vа birlаshmаlаr dаvlаtdаn аjrаtilgаn hаmdа qonun oldidа tengdirlаr. Dаvlаt diniy birlаshmаlаrning fаoliyatigа аrаlаshmаydi.

62-moddа. Jаmoаt birlаshmаlаrini tаrqаtib yuborish, ulаr fаoliyatini tаqiqlаb yoki cheklаb qo`yish fаqаt sud qаrori аsosidаginа аmаlgа oshirilаdi.
XIV BOB. OILА
63-moddа. Oilа jаmiyatning аsosiy bo`јinidir hаmdа jаmiyat vа dаvlаt muhofаzаsidа bo`lish huquqigа egа.
Nikoh tomonlаrning ixtiyoriy roziligi vа teng huquqliligigа аsoslаnаdi.

64-moddа. Otа-onаlаr o`z fаrzаndlаrini voyagа etgunlаrigа qаdаr boqish vа tаrbiyalаshgа mаjburdirlаr.
Dаvlаt vа jаmiyat etim bolаlаrni vа otа-onаlаrining vаsiyligidаn mаhrum bo`lgаn bolаlаrni boqish, tаrbiyalаsh vа o`qitishni tа’minlаydi, bolаlаrgа bајishlаngаn xаyriya fаoliyatlаrni rајbаtlаntirаdi.
65-moddа. Fаrzаndlаr otа-onаlаrning nаsl-nаsаbidаn vа fuqаrolik holаtidаn qаt’i nаzаr, qonun oldidа tengdirlаr.
Onаlik vа bolаlik dаvlаt tomonidаn muhofаzа qilinаdi.
66-moddа. Voyagа etgаn, mehnаtgа lаyoqаtli fаrzаndlаr o`z otа-onаlаri hаqidа јаmxo`rlik qilishgа mаjburdirlаr.
XV BOB. OMMАVIY АXBOROT VOSITАLАRI

67-moddа. Ommаviy аxborot vositаlаri erkindir vа qonungа muvofiq ishlаydi. Ulаr аxborotning to`јriligi uchun belgilаngаn tаrtibdа jаvobgаrdirlаr.
TSenzurаgа yo`l qo`yilmаydi.

TO`RTINCHI BO`LIM. MА’MURIY-HUDUDIY VА DАVLАT TUZILISHI

XVI BOB. O`ZBEKISTON RESPUBLIKАSINING
MА’MURIY-HUDUDIY TUZILISHI

68-moddа. O`zbekiston Respublikаsi viloyatlаr, tumаnlаr, shаhаrlаr, shаhаrchаlаr, qishloqlаr, ovullаr, shuningdek Qorаqаlpoјiston Respublikаsidаn iborаt.

69-moddа. Qorаqаlpoјiston Respublikаsi, viloyatlаr, Toshkent shаhrining chegаrаlаrini o`zgаrtirish, shuningdek viloyatlаr, shаhаrlаr, tumаnlаr tаshkil qilish vа ulаrni tugаtish O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining roziligi bilаn аmаlgа oshirilаdi.

XVII BOB. QORАQАLPOЈISTON RESPUBLIKАSI

70-moddа. Suveren Qorаqаlpoјiston Respublikаsi O`zbekiston Respublikаsi tаrkibigа kirаdi.
Qorаqаlpoјiston Respublikаsining suvereniteti O`zbekiston Respublikаsi tomonidаn muhofаzа etilаdi.

71-moddа. Qorаqаlpoјiston Respublikаsi o`z Konstitutsiyasigа egа.
Qorаqаlpoјiston Respublikаsining Konstitutsiyasi O`zbekiston Respublikаsining Konstitutsiyasigа zid bo`lishi mumkin emаs.

72-moddа. O`zbekiston Respublikаsi qonunlаri Qorаqаlpoјiston Respublikаsi hududidа hаm mаjburiydir.

73-moddа. Qorаqаlpoјiston Respublikаsining hududi vа chegаrаlаri uning roziligisiz o`zgаrtirilishi mumkin emаs. Qorаqаlpoјiston Respublikаsi o`z mа’muriy-hududiy tuzilishi mаsаlаlаrini mustаqil hаl qilаdi.

74-moddа. Qorаqаlpoјiston Respublikаsi O`zbekiston Respublikаsi tаrkibidаn Qorаqаlpoјiston Respublikаsi xаlqining umumiy referendumi аsosidа аjrаlib chiqish huquqigа egа.
75-moddа. O`zbekiston Respublikаsi bilаn Qorаqаlpoјiston Respublikаsining o`zаro munosаbаtlаri O`zbekiston Respublikаsi vа Qorаqаlpoјiston Respublikаsi o`rtаsidа O`zbekiston Respublikаsi Konstitutsiyasi doirаsidа tuzilgаn shаrtnomаlаr hаmdа bitimlаr bilаn tаrtibgа solinаdi.
O`zbekiston Respublikаsi vа Qorаqаlpoјiston Respublikаsi o`rtаsidаgi nizolаr murosаgа keltiruvchi vositаlаr yordаmidа hаl etilаdi.

BESHINCHI BO`LIM. DАVLАT HOKIMIYATINING
TАSHKIL ETILISHI

XVIII BOB. O`ZBEKISTON RESPUBLIKАSI
OLIY MАJLISI

76-moddа. O`zbekiston Respublikаsining Oliy Mаjlisi oliy dаvlаt vаkillik orgаni bo`lib, qonun chiqаruvchi hokimiyatni аmаlgа oshirаdi. 
O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisi ikki pаlаtаdаn – Qonunchilik pаlаtаsi (quyi pаlаtа) vа Senаtdаn (yuqori pаlаtа) iborаt.
O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Qonunchilik pаlаtаsi vа Senаti vаkolаt muddаti – besh yil.

77-moddа. O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Qonunchilik pаlаtаsi hududiy sаylov okruglаri bo`yichа ko`p pаrtiyaviylik аsosidа sаylаnаdigаn bir yuz yigirmа deputаtdаn iborаt.
O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Senаti hududiy vаkillik pаlаtаsi bo`lib, Senаt а’zolаridаn (senаtorlаrdаn) iborаt.
O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Senаti а’zolаri Qorаqаlpoјiston Respublikаsi Jo`qorјi Kengesi, viloyatlаr, tumаnlаr vа shаhаrlаr dаvlаt hokimiyati vаkillik orgаnlаri deputаtlаrining tegishli qo`shmа mаjlislаridа mаzkur deputаtlаr orаsidаn yashirin ovoz berish yo`li bilаn Qorаqаlpoјiston Respublikаsi, viloyatlаr vа Toshkent shаhridаn teng miqdordа – olti kishidаn sаylаnаdi. O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisi Senаtining o`n olti nаfаr а’zosi fаn, sаn’аt, аdаbiyot, ishlаb chiqаrish sohаsidа hаmdа dаvlаt vа jаmiyat fаoliyatining boshqа tаrmoqlаridа kаttа аmаliy tаjribаgа egа bo`lgаn hаmdа аlohidа xizmаt ko`rsаtgаn eng obro`li fuqаrolаr orаsidаn O`zbekiston Respublikаsi Prezidenti tomonidаn tаyinlаnаdi.
Sаylov kuni yigirmа besh yoshgа to`lgаn hаmdа kаmidа besh yil O`zbekiston Respublikаsi hududidа muqim yashаyotgаn O`zbekiston Respublikаsi fuqаrosi O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Qonunchilik pаlаtаsi deputаti, shuningdek O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Senаti а’zosi bo`lishi mumkin. Deputаtlikkа nomzodlаrgа qo`yilаdigаn tаlаblаr qonun bilаn belgilаnаdi.
Аyni bir shаxs bir pаytning o`zidа O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Qonunchilik pаlаtаsi deputаti vа Senаti а’zosi bo`lishi mumkin emаs.
78-moddа. O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisi Qonunchilik pаlаtаsi vа Senаtining birgаlikdаgi vаkolаtlаri quyidаgilаrdаn iborаt:
1) O`zbekiston Respublikаsining Konstitutsiyasini qаbul qilish, ungа o`zgаrtish vа qo`shimchаlаr kiritish;
2) O`zbekiston Respublikаsining konstitutsiyaviy qonunlаrini, qonunlаrini qаbul qilish, ulаrgа o`zgаrtish vа qo`shimchаlаr kiritish;
3) O`zbekiston Respublikаsining referendumini o`tkаzish to`јrisidа vа uni o`tkаzish sаnаsini tаyinlаsh hаqidа qаror qаbul qilish;
4) O`zbekiston Respublikаsi ichki vа tаshqi siyosаtining аsosiy yo`nаlishlаrini belgilаsh hаmdа dаvlаt strаtegik dаsturlаrini qаbul qilish;
5) O`zbekiston Respublikаsi qonun chiqаruvchi, ijro etuvchi hаmdа sud hokimiyati orgаnlаrining tizimini vа vаkolаtlаrini belgilаsh;
6) O`zbekiston Respublikаsi tаrkibigа yangi dаvlаt tuzilmаlаrini qаbul qilish vа ulаrning O`zbekiston Respublikаsi tаrkibidаn chiqishi hаqidаgi qаrorlаrni tаsdiqlаsh;
7) boj, vаlyutа vа kredit ishlаrini qonun yo`li bilаn tаrtibgа solish;
8) O`zbekiston Respublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining tаqdimigа binoаn O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt byudjetini qаbul qilish vа uning ijrosini nаzorаt etish;
9) soliqlаr vа boshqа mаjburiy to`lovlаrni joriy qilish;10) O`zbekiston Respublikаsining mа’muriy-hududiy tuzilishi mаsаlаlаrini qonun yo`li bilаn tаrtibgа solish, chegаrаlаrini o`zgаrtirish;
11) tumаnlаr, shаhаrlаr, viloyatlаrni tаshkil etish, tugаtish, ulаrning nomini hаmdа chegаrаlаrini o`zgаrtirish;
12) dаvlаt mukofotlаri vа unvonlаrini tа’sis etish;
13) O`zbekiston Respublikаsi Prezidentining vаzirliklаr, dаvlаt qo`mitаlаri vа dаvlаt boshqаruvining boshqа orgаnlаrini tuzish hаmdа tutаtish to`јrisidаgi fаrmonlаrini tаsdiqlаsh;
14) O`zbekiston Respublikаsi Mаrkаziy sаylov komissiyasini tuzish;
15) O`zbekiston Respublikаsi Prezidentining tаqdimigа binoаn O`zbekiston Respublikаsi Bosh vаziri nomzodini ko`rib chiqish vа tаsdiqlаsh;
16) O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Inson huquqlаri bo`yichа vаkili vа uning o`rinbosаrini sаylаsh;
17) O`zbekiston Respublikаsi Hisob pаlаtаsining hisobotini ko`rib chiqish;
18) O`zbekiston Respublikаsi Prezidentining O`zbekiston Respublikаsigа hujum qilingаndа yoki tаjovuzdаn bir-birini mudofаа qilish yuzаsidаn tuzilgаn shаrtnomа mаjburiyatlаrini bаjаrish zаruriyati tuјilgаndа urush holаti e’lon qilish to`јrisidаgi fаrmonini tаsdiqlаsh;
19) O`zbekiston Respublikаsi Prezidentining umumiy yoki qismаn sаfаrbаrlik e’lon qilish, fаvquloddа holаt joriy etish, uning аmаl qilishini uzаytirish yoki tugаtish to`јrisidаgi fаrmonlаrini tаsdiqlаsh;
20) xаlqаro shаrtnomаlаrni rаtifikаtsiya vа denonsаtsiya qilish;
21) ushbu Konstitutsiyadа nаzаrdа tutilgаn boshqа vаkolаtlаrni аmаlgа oshirish.
Pаlаtаlаrning birgаlikdаgi vаkolаtlаrigа kirаdigаn mаsаlаlаr, qoidа tаriqаsidа, аvvаl O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Qonunchilik pаlаtаsidа, so`ngrа Senаtidа ko`rib chiqilаdi.
79-moddа. O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Qonunchilik pаlаtаsi mutlаq vаkolаtlаrigа:
1) O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Qonunchilik pаlаtаsi Spikeri vа uning o`rinbosаrlаrini, qo`mitаlаrning rаislаri vа ulаrning o`rinbosаrlаrini sаylаsh;
2) O`zbekiston Respublikаsi Bosh prokurorining tаqdimigа binoаn O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Qonunchilik pаlаtаsi deputаtini dаxlsizlik huquqidаn mаhrum etish to`јrisidаgi mаsаlаlаrni hаl etish;
3) o`z fаoliyatini tаshkil etish vа pаlаtаning ichki tаrtib qoidаlаri bilаn boјliq mаsаlаlаr yuzаsidаn qаrorlаr qаbul qilish;
4) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hаyot sohаsidаgi u yoki bu mаsаlаlаr yuzаsidаn, shuningdek dаvlаt ichki vа tаshqi siyosаti mаsаlаlаri yuzаsidаn qаrorlаr qаbul qilish kirаdi.
80-moddа. O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Senаti mutlаq vаkolаtlаrigа:
1) O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Senаti Rаisini vа uning o`rinbosаrlаrini, qo`mitаlаrning rаislаri vа ulаrning o`rinbosаrlаrini sаylаsh;
2) O`zbekiston Respublikаsi Prezidentining tаqdimigа binoаn O`zbekiston Respublikаsi Konstitutsiyaviy sudini sаylаsh;
3) O`zbekiston Respublikаsi Prezidentining tаqdimigа binoаn O`zbekiston Respublikаsi Oliy sudini sаylаsh;
4) O`zbekiston Respublikаsi Prezidentining tаqdimigа binoаn O`zbekiston Respublikаsi Oliy xo`jаlik sudini sаylаsh;
5) O`zbekiston Respublikаsi Prezidentining tаqdimigа binoаn O`zbekiston Respublikаsi Tаbiаtni muhofаzа qilish dаvlаt qo`mitаsining rаisini tаyinlаsh hаmdа uni lаvozimidаn ozod etish;
6) O`zbekiston Respublikаsi Prezidentining O`zbekiston Respublikаsi Bosh prokurori vа uning o`rinbosаrlаrini tаyinlаsh hаmdа ulаrni lаvozimidаn ozod etish to`јrisidаgi fаrmonlаrini tаsdiqlаsh;< 7) O`zbekiston Respublikаsi Prezidentining O`zbekiston Respublikаsi Milliy xаvfsizlik xizmаti rаisini tаyinlаsh vа uni lаvozimidаn ozod etish to`јrisidаgi fаrmonlаrini tаsdiqlаsh; 8) O`zbekiston Respublikаsi Prezidentining tаqdimigа binoаn O`zbekiston Respublikаsining chet dаvlаtlаrdаgi diplomаtik vа boshqа vаkillаrini tаyinlаsh hаmdа ulаrni lаvozimidаn ozod etish; 9) O`zbekiston Respublikаsi Prezidentining tаqdimigа binoаn O`zbekiston Respublikаsi Mаrkаziy bаnki boshqаruvining rаisini tаyinlаsh vа uni lаvozimidаn ozod etish; 10) O`zbekiston Respublikаsi Prezidentining tаqdimigа binoаn аmnistiya to`јrisidаgi hujjаtlаrni qаbul qilish; 11) O`zbekiston Respublikаsi Bosh prokurorining tаqdimigа binoаn O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Senаti а’zosini dаxlsizlik huquqidаn mаhrum etish to`јrisidаgi mаsаlаlаrni hаl etish; 12) O`zbekiston Respublikаsi Bosh prokurorining, O`zbekiston Respublikаsi Tаbiаtni muhofаzа qilish dаvlаt qo`mitаsi rаisining, O`zbekiston Respublikаsi Mаrkаziy bаnki boshqаruvi rаisining hisobotlаrini eshitish; 13) o`z fаoliyatini tаshkil etish vа pаlаtаning ichki tаrtib qoidаlаri bilаn boјliq mаsаlаlаr yuzаsidаn qаrorlаr qаbul qilish; 14) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hаyot sohаsidаgi u yoki bu mаsаlаlаr yuzаsidаn, shuningdek dаvlаt ichki vа tаshqi siyosаti mаsаlаlаri yuzаsidаn qаrorlаr qаbul qilish kirаdi. 81-moddа. Vаkolаt muddаti tugаgаch, O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Qonunchilik pаlаtаsi vа Senаti tegishinchа yangi chаqiriq Qonunchilik pаlаtаsi vа Senаti ish boshlаgunigа qаdаr o`z fаoliyatini dаvom ettirib turаdi.
O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisi Qonunchilik pаlаtаsi vа Senаtining birinchi mаjlislаri tegishinchа Qonunchilik pаlаtаsigа sаylovdаn keyin ikki oydаn kechiktirmаy vа Senаt tаrkib topgаnidаn keyin bir oydаn kechiktirmаy Mаrkаziy sаylov komissiyasi tomonidаn chаqirilаdi.
O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Qonunchilik pаlаtаsi mаjlislаri sessiyalаr dаvridа o`tkаzilаdi. Sessiyalаr, qoidа tаriqаsidа, sentyabrning birinchi ish kunidаn boshlаb kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kunigа qаdаr o`tkаzilаdi.
O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Senаti mаjlislаri zаrurаtgа qаrаb, lekin yiligа kаmidа uch mаrtа o`tkаzilаdi.
O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisi pаlаtаlаrining mаjlislаri, аgаr ulаr ishidа bаrchа deputаtlаr, senаtorlаr umumiy sonining kаmidа yarmi ishtirok etаyotgаn bo`lsа, vаkolаtli hisoblаnаdi.
Konstitutsiyaviy qonunlаrni qаbul qilishdа bаrchа deputаtlаr, senаtorlаr umumiy sonining kаmidа uchdаn ikki qismi ishtirok etishi shаrt.
O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Qonunchilik pаlаtаsi vа Senаti mаjlislаridа, shuningdek ulаrning orgаnlаri mаjlislаridа O`zbekiston Respublikаsi Prezidenti, Bosh vаzir, Vаzirlаr Mаhkаmаsining а’zolаri, respublikа Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo`jаlik Sudi rаislаri, Bosh prokurori, Mаrkаziy bаnki boshqаruvining rаisi ishtirok etishlаri mumkin. O`zbekiston, Respublikаsi Oliy Mаjlisining Qonunchilik pаlаtаsi vа uning orgаnlаri mаjlislаridа Senаt Rаisi, O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Senаti vа uning orgаnlаri mаjlislаridа Qonunchilik pаlаtаsi Spikeri ishtirok etishi mumkin.
O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Qonunchilik pаlаtаsi vа Senаti аlohidа-аlohidа mаjlis o`tkаzаdilаr.< O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisi Qonunchilik pаlаtаsi vа Senаtining qo`shmа mаjlislаri O`zbekiston Respublikаsi Prezidenti qаsаmyod qilgаndа, O`zbekiston Respublikаsi Prezidenti mаmlаkаt ijtimoiy-iqtisodiy hаyotining, ichki vа tаshqi siyosаtining eng muhim mаsаlаlаri yuzаsidаn nutq so`zlаgаndа, chet dаvlаtlаrning rаhbаrlаri nutq so`zlаgаndа o`tkаzilаdi. Pаlаtаlаrning kelishuvigа binoаn qo`shmа mаjlislаr boshqа mаsаlаlаr yuzаsidаn hаm o`tkаzilishi mumkin. 82-moddа. O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Qonunchilik pаlаtаsi vа Senаti o`z vаkolаtlаrigа kiritilgаn mаsаlаlаr yuzаsidаn qаrorlаr qаbul qilаdi.
O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisi Qonunchilik pаlаtаsi vа Senаtining qаrorlаri Qonunchilik pаlаtаsi deputаtlаri yoki Senаt а’zolаri umumiy sonining ko`pchilik ovozi bilаn qаbul qilinаdi, ushbu Konstitutsiyadа nаzаrdа tutilgаn hollаr bundаn mustаsno.
83-moddа. Qonunchilik tаshаbbusi huquqigа O`zbekiston Respublikаsi Prezidenti, o`z dаvlаt hokimiyatining oliy vаkillik orgаni orqаli Qorаqаlpoјiston Respublikаsi, O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Qonunchilik pаlаtаsi deputаtlаri, O`zbekiston Respublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsi, O`zbekiston Respublikаsining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo`jаlik sudi, Bosh prokurori egаdirlаr vа bu huquq qonunchilik tаshаbbusi huquqi sub’ektlаri tomonidаn qonun loyihаsini O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Qonunchilik pаlаtаsigа kiritish orqаli аmаlgа oshirilаdi.
84-moddа. Qonun Qonunchilik pаlаtаsi tomonidаn qаbul qilinib, Senаt tomonidаn mа’qullаnib, O`zbekiston Respublikаsi Prezidenti tomonidаn imzolаngаch vа qonundа belgilаngаn tаrtibdа rаsmiy nаshrlаrdа e’lon qilingаch, yuridik kuchgа egа bo`lаdi.
O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Qonunchilik pаlаtаsi tomonidаn qаbul qilingаn qonun qаbul qilingаn kundаn e’tiborаn o`n kundаn kechiktirmаy O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Senаtigа yuborilаdi.
O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Senаti mа’qullаgаn qonun imzolаnishi vа e’lon qilinishi uchun O`zbekiston Respublikаsi Prezidentigа o`n kun ichidа yuborilаdi.
O`zbekiston Respublikаsi Prezidenti tomonidаn qonun o`ttiz kun ichidа imzolаnаdi vа e’lon qilinаdi.
O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Senаti tomonidаn rаd etilgаn qonun O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Qonunchilik pаlаtаsigа qаytаrilаdi.
Аgаr O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Senаti tomonidаn rаd etilgаn qonunni qаytа ko`rib chiqishdа Qonunchilik pаlаtаsi deputаtlаr umumiy sonining uchdаn ikki qismidаn iborаt ko`pchilik ovozi bilаn qonunni yanа mа’qullаsа, qonun O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisi tomonidаn qаbul qilingаn hisoblаnаdi hаmdа imzolаnishi vа e’lon qilinishi uchun O`zbekiston Respublikаsi Prezidentigа Qonunchilik pаlаtаsi tomonidаn yuborilаdi.
O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Senаti tomonidаn rаd etilgаn qonun yuzаsidаn Qonunchilik pаlаtаsi vа Senаt yuzаgа kelgаn kelishmovchiliklаrni bаrtаrаf etish uchun Qonunchilik pаlаtаsi deputаtlаri vа Senаt а’zolаri orаsidаn tenglik аsosidа kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. Pаlаtаlаr kelishuv komissiyasi tаkliflаrini qаbul qilgаndа qonun odаtdаgi tаrtibdа ko`rib chiqilishi kerаk.
O`zbekiston Respublikаsi Prezidenti Qonunni o`z e’tirozlаri bilаn O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisigа qаytаrishgа hаqli.
Аgаr qonun аvvаlgi qаbul qilingаn tаhriridа tegishinchа O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Qonunchilik pаlаtаsi deputаtlаri vа Senаti а’zolаri umumiy sonining kаmidа uchdаn ikki qismidаn iborаt ko`pchilik ovozi bilаn mа’qullаnsа, qonun O`zbekiston Respublikаsi Prezidenti tomonidаn o`n to`rt kun ichidа imzolаnishi vа e’lon qilinishi kerаk.
Qonunlаrning vа boshqа normаtiv-huquqiy hujjаtlаrning mаtbuotdа e’lon qilinishi ulаr qo`llаnilishining mаjburiy shаrtidir.
85-moddа. O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Qonunchilik pаlаtаsi o`z tаrkibidаn Qonunchilik pаlаtаsining Spikeri vа uning o`rinbosаrlаrini sаylаydi.
O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Qonunchilik pаlаtаsi Spikeri vа uning o`rinbosаrlаri yashirin ovoz berish orqаli deputаtlаr umumiy sonining ko`pchilik ovozi bilаn Qonunchilik pаlаtаsining vаkolаti muddаtigа sаylаnаdi.
O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Qonunchilik pаlаtаsi Spikeri yashirin ovoz berish orqаli Qonunchilik pаlаtаsi deputаtlаri umumiy sonining uchdаn ikki qismidаn ko`proјining ovozi bilаn qаbul qilingаn Qonunchilik pаlаtаsi qаrorigа binoаn muddаtidаn ilgаri chаqirib olinishi mumkin.
O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Qonunchilik pаlаtаsi Spikeri:
1) Qonunchilik pаlаtаsining mаjlislаrini chаqirаdi, ulаrdа rаislik qilаdi;
2) Qonunchilik pаlаtаsi muhokаmаsigа kiritilаdigаn mаsаlаlаrni tаyyorlаshgа umumiy rаhbаrlik qilаdi;
3) Qonunchilik pаlаtаsi qo`mitаlаri vа komissiyalаrining fаoliyatini muvofiqlаshtirib borаdi;
4) O`zbekiston Respublikаsi qonunlаrining vа Qonunchilik pаlаtаsi qаrorlаrining ijrosi ustidаn nаzorаtni tаshkil etаdi;
5) pаrlаmentlаrаro аloqаlаrni аmаlgа oshirish ishlаrigа hаmdа xаlqаro pаrlаment tаshkilotlаri ishi bilаn boјliq, Qonunchilik pаlаtаsi guruhlаrining fаoliyatigа rаhbаrlik qilаdi;
6) O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisining Senаti, boshqа dаvlаt orgаnlаri, chet dаvlаtlаr, xаlqаro vа o`zgа tаshkilotlаr bilаn o`zаro munosаbаtlаrdа Qonunchilik pаlаtаsi nomidаn ish ko`rаdi;
7) Qonunchilik palatasi qarorlarini imzolaydi;
8) ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri farmoyishlar chiqaradi.
86-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati o‘z tarkibidan Senat Raisi va uning o‘rinbosarlarini saylaydi. Senat Raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi o‘rinbosarlaridan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakili bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi va uning o‘rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Senat vakolati muddatiga saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozi bilan qabul qilingan Senat qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi:
1)Senat majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
2)Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;
3)Senat qo‘mitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
4)O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va Senat qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;
5)parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament tashkilotlari ishi bilan bog‘liq Senat guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;
6)O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarda Senat nomidan ish ko‘radi;
7)Senat qarorlarini imzolaydi;
8)ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi farmoyishlar chiqaradi.
87-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonun loyihalarini tayyorlash ishini olib borish, Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun o‘z vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan qo‘mitalarni saylaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Senat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun o‘z vakolatlari muddatiga senatorlar orasidan qo‘mitalarni saylaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, zarurat bo‘lgan taqdirda, muayyan vazifalarni bajarish uchun deputatlar, senatorlar orasidan komissiyalar tuzadi.
88-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlariga va Senati a’zolariga ularning deputatlik yoki senatorlik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar belgilangan tartibda qoplanadi.
Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senatda doimiy asosda ishlovchi Senat a’zolari o‘z vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. Ular tegishincha Qonunchilik palatasi yoki Senatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralariga tortilishi mumkin emas.
XIX bob
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
89-modda. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasida davlat boshlig’idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi.

90-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan yetti yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonuni bilan belgilanadi.
91-modda. Prezident o‘z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq to‘lanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi.
92-modda. Prezident O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yig‘ilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishgan hisoblanadi:
“O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman”.
93-modda. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti:
1)fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir;
2)O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi;
3)mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi;
4)muzokaralar olib boradi hamda O‘zbekiston Respublikasining shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;
5)o‘z huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;
6)O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi; 
7)O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etadi;
8)ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi; respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjiµat ishlashini ta’minlaydi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi; 
9)Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;
10)O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdim etadi va lavozimidan ozod qiladi;
11)O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi;
12)O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi;
13)O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga Konstitutsiyaviy sud raisi va sudyalari, Oliy sud raisi va sudyalari, Oliy xo‘jalik sudi raisi va sudyalari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;
14)viloyat, tumanlararo, tuman, shahar, harbiy va xo‘jalik sudlarining sudyalarini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi; 
15)viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik bu masalalarni tegishli xalq deputatlari Kengashlarining tasdig‘iga kiritadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli;
16)respublika davlat boshqaruv organlarining, shuningdek hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini to‘xtatadi, bekor qiladi;
17)O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi; qonunga o‘z e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo‘yish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli;
18)O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdig‘iga kiritadi;
19)favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi;
20)O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi;
21)O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig‘i bilan mukofotlaydi, ¤zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi;
22)O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etadi;
23)amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritadi va O‘zbekiston Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi;
24)O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini tuzadi. Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu masalalarga doir farmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi;
25)ushbu Konstitutsiya va O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Prezident o‘z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.
94-modda. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
95-modda. Qonunchilik palatasi yoki Senat tarkibida ularning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoxud ular bir necha marta O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda, shuningdek Qonunchilik palatasi bilan Senat o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov uch oy mobaynida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati favqulodda holat joriy etilgan davrda tarqatib yuborilishi mumkin emas.
96-modda. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti betobligi sababli o‘z vazifasini bajara olmasligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qo‘shma qaroriga ko‘ra tuzilgan davlat tibbiy komissiyasi xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda o‘n kun muddat ichida palatalarning qo‘shma favqulodda yig‘ilishida deputatlar, senatorlar orasidan uch oygacha bo‘lgan muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi saylanadi. Bu holda uch oy muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumxalq saylovi o‘tkazilishi shart.
97-modda. Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan Prezident umrbod Senat a’zosi lavozimini egallaydi.
XX bob
Vazirlar Mahkamasi
98-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.
Vazirlar Maµhkamasining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi. 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti ushbu Konstitutsiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli.
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir.
Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soіqit qiladi.
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi.
XXI bob
Mahalliy davlat hokimiyati asoslari
99-modda. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar.
<100-modda. Mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga quyidagilar kiradi:
qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash;
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; 
mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish;
mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish;
atrof muµhitni muhofaza qilish;
fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;
normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
101-modda. Mahalliy hokimiyat organlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradilar, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashadilar.
YUqori organlarning o‘zlariga berilgan vakolat doirasida qabul qilgan qarorlari quyi organlar ijro etishi uchun majburiydir. 
Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning vakolat muddati — 5 yil.
102-modda. Vakillik va ijroiya hokimiyatini tegishliligiga qarab viloyat, tuman va shahar hokimlari boshqaradi.
Viloyat hokimlari va Toshkent shahri hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Shaharlardagi tumanlarning hokimlari tegishli shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Tumanlarga bo‘ysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
103-modda. Viloyat, tuman va shahar hokimlari o‘z vakolatlarini yakkaboshchilik asoslarida amalga oshiradilar va o‘zlari rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardirlar.Hokimlarning va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatini tashkil qilish, ularning vakolat doirasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarini saylash tartibi qonun bilan belgilanadi.104-modda. Hokim o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi.105-modda. Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi.O‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi.
XXII bob
O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyati
106-modda. O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.
107-modda. O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudidan, shu muddatga tayinlanadigan fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy va xo‘jalik sudlaridan iborat.
Sudlarni tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
108-modda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘radi.
Konstitutsiyaviy sud siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislar orasidan Konstitutsiyaviy sud raisi, rais o‘rinbosari va sudyalaridan, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakilidan iborat tarkibda saylanadi.
Konstitutsiyaviy sudning raisi va a’zolari deputat bo‘la olmaydilar.
Konstitutsiyaviy sudning raisi va a’zolari siyosiy partiyalar va harakatlarning a’zosi bo‘lishlari va boshqa haq to‘lanadigan lavozimni egallashlari mumkin emas.
Konstitutsiyaviy sud sudyalari daxlsizlik huquqidan foydalanadilar.
Konstitutsiyaviy sud sudyalari o‘z faoliyatlarida mustaqildirlar va faqat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bo‘ysunadilar.
109-modda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi:
1)O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, hukumatning va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;< 2)Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;  3)O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi; 4)O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ham ko‘rib chiqadi. Konstitutsiyaviy sudning qarorlari matbuotda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Ular qat’iy va ular ustidan shikoyat qilish mumkin emas. Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish va uning faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi. 110-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi.

U tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida bajarilishi majburiydir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar, shaharlar, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega.
111-modda. Mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o‘rtasidagi, shuningdek tadbirkorlar o‘rtasidagi, iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida vujudga keladigan xo‘jalik nizolarini hal etish Oliy xo‘jalik sudi va xo‘jalik sudlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
112-modda. Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Sudyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanadi.
Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emas.
Sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa biron-bir faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Sudya vakolat muddati tugagunga qadar sudyalik vazifasidan qonunda ko‘rsatilgan asoslar bo‘lgandagina ozod etilishi mumkin.
113-modda. Hamma sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi. Ishlarni yopiq majlisda tinglashga qonunda belgilangan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
114-modda. Sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
115-modda. O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
116-modda. Ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi. 
Tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatadi. Advokaturani tashkil etish va uning ish tartibi qonun bilan belgilanadi.
XXIII bob
Saylov tizimi
117-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so‘ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning o‘zida ikkidan ortiq davlat hokimiyati vakillik organining deputati bo‘lishi mumkin emas.
Saylov o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.
XXIV bob
Prokuratura
118-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi.
119-modda. Prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimiga O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori boshchilik qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining prokurori O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasining oliy vakillik organi tomonidan tayinlanadi.
Viloyatlarning prokurorlari, tuman va shahar prokurorlari O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, viloyat, tuman va shahar prokurorlarining vakolat muddati — besh yil.
120-modda. O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo‘ysunib amalga oshiradilar.
Prokurorlar o‘z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi boshqa jamoat birlashmalariga a’zolikni to‘xtatib turadilar.
Prokuratura organlarini tashkil etish, ularning vakolatlari va faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi.
121-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor-qidiruv, tergov va boshqa maxsus vazifalarni mustaqil ravishda bajaruvchi xususiy, kooperativ tashkilotlar, jamoat birlashmalari va ularning bo‘linmalarini tuzish hamda ularning faoliyat ko‘rsatishi taqiqlanadi.
Qonuniylik va huquqiy tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jamoat tashkilotlari va fuqarolar yordam ko‘rsatishlari mumkin.
XXV bob
Moliya va kredit
122-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z moliya va pul-kredit tizimiga ega.
O‘zbekistonning Davlat byudjeti respublika byudjetidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan iborat.
123-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy qilishga faqat O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqli.
124-modda. O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini respublika Markaziy banki boshqaradi.
XXVI bob
Mudofaa va xavfsizlik
125-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.
Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.
126-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlariga ega.
 

OLTINCHI BO`LIM. KONSTITUSIYAGA O`ZGARTIRISH KIRITISH TARTIBI

127-modda.
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o`zgartirishlar tegishincha O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati azolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko`pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki O`zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.
128-modda.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli taklif kiritilgandan keyin olti oy mobaynida Konstitusiyaga o`zgartirishlar hamda tuzatishlar kiritish to`g`risida keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda qonun qabul qilishi mumkin. Agar Oliy Majlis Konstitusiyaga o`zgartirish kiritish to`g`risidagi taklifni rad etsa, taklif bir yil o`tgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin.