Yevropa parlamenti delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi to‘g‘risida

2018-yilning 29-oktabr kuni O‘zbekistonga Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo mamlakatlari va Mo‘g‘iliston bilan hamkorlik bo‘yicha delegatsiyasi raisi Iveta Grigule-Peterse boshchiligidai deputatlar guruhi keladi.

Tashrif dasturiga binoan Toshkent shahrida “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” parlament hamkorlik qo‘mitasining 14-majlisida ishtirok etish, tashqi ishlar, iqtisod, bandlik va mehnat munosabatlari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirligan bo‘lib, unda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish kutilmoqda.