O’zbekiston diplomatlariga davlat mukofotlari topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev topshirig‘iga binoan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov TIV Hay’atining kengaytirilgan majlisini o‘tkazdi va unda Mustaqillikning 27 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston diplomatlarini taqdirlash to‘g‘risidagi davlat rahbarining farmonini o‘qib berdi.

Vazir Maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchi Ilhomjon Ne’matovga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashevga “Do‘stlik” ordenlarini tantanali tarzda topshirdi.