O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini va egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjatdir.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROSI BIOMETRIK PASPORTINI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IСAO) tavsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti quyidagi amal qilish muddatlariga beriladi:
- bir yoshgacha bo‘lgan fuqaroga — ikki yil muddatga;
- bir yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan fuqaroga — besh yil muddatga. Shu bilan birga, fuqaroga rasmiylashtirilgan pasportning amal qilish muddati uning 16 yoshidan oshmasligi kerak.
- 16 yoshdan fuqarolarga pasport 10 yil muddatga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasining chet el vakolatxonalarida quyidagi O‘zbekiston fuqarolari biometrik pasport rasmiylashtirishlari mumkin:
- doimiy yashash uchun xorijga chiqish ruxsatnomasi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasasida doimiy konsullik ro‘yxatiga olingan fuqarolar;
- xorijga xizmat safariga, o‘qish, davolanish va shartnoma bo‘yicha ishlashga chiqqan va xorijga vaqtincha chiqishlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasasida vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olingan fuqarolar.
Quyidagi hollarda pasport rasmiylashtiriladi va beriladi:
- biometrik bo‘lmagan pasportni biometrik pasportga almashtirishda;
- shaxs 16 yoshga to‘lganda;
- pasportning amal qilish muddati tugaganida;
- pasport yo‘qotib qo‘yilganida;
- ro‘yxatga olish (ro‘yxatdan chiqarish), alohida ma’lumotlar yoki vizalar uchun mo‘ljallangan betlar ishlatilib bo‘linganida;
- pasport blankasi yaroqsiz holga kelganida;
- farzand xorijda tug‘ilganida;
- familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi o‘zgarganida;
- 16 yoshga to‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotganida;
- yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganida;
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarida doimiy va vaqtinchalik konsullik ro‘yxatiga olingan fuqarolar pasportni rasmiylashtirish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
A) doimiy konsullik ro‘yxatiga olingan fuqaro uchun:
- belgilangan shakldagi pasport rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza (arizani yuklab olish (elektron tarzda to’ldirish mumkin));
- ilgari berilgan pasport va uning nusxasi;
- 35 x 45 mm o‘lchamdagi fotosurat (1 dona);
- fuqaro xorijiy davlat hududida mazkur davlat qonunlariga muvofiq yashayotganligini tasdiqlovchi hujjatning (viza, doimiy yashash uchun ruxsatnoma, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma, pasportdagi tegishli yozuv, ma’lumotnoma va h.k.) notarial tasdiqlangan va o’zbek yoki rus tillariga tarjina qilingan shakli (Finlyandiya va Estoniya mamlakatlarining vakolarli organlari tomonidan berilgan hujjatlar qo’shimcha tarzda apostil qo’yiladi va legalizatsiyalashtiriladi);
- 70 AQSH dollari miqdoridagi konsullik yig‘imi va xizmat xarajatlarini to‘langanligi haqida kvitansiya.
B) ota-onasi bilan doimiy konsullik ro‘yxatiga olingan voyaga yetmagan fuqaro uchun:
- belgilangan shakldagi pasport rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza (arizani yuklab olish (elektron tarzda to’ldirish mumkin));
- tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma asl nusxasi (16 yoshgacha bo‘lgan fuqaro uchun yoki birinchi marta pasport rasmiylashtirilayotganda) yoki pasport (mavjud hollarda) va ularning nusxalari;
- 35 x 45 mm o‘lchamdagi fotosurat (1 dona);
- ota–onasi pasportlarining asl nusxasi birinchi marta pasport rasmiylashtirish uchun va ularning nusxalari. Ota-onasidan birining pasportini taqdim etish imkoniyati yo‘q hollarda, ushbu holatni izohlovchi hujjat taqdim qilinadi, jumladan, o‘lim haqida guvohnoma, nikoh bekor qilinganligi haqida guvohnoma, yoki nikoh bekor qilinganligi haqidagi sud qarorining ko‘chirmasi (nusxasi) yoxud nikohning haqiqiy emas deb tan olinganligi haqidagi sud qarorining ko‘chirmasi (nusxasi), vakolatli idoralarning pasport oluvchining ota-onasidan birini bedarak yo‘qolganligi yoki vafot etganligini tan olish to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi, farzandni yolg‘iz ota yoki ona tomonidan tarbiyalanganligini tasdiqlovchi hujjatlar yoki xorijiy davlat qonunchiligida ko‘rsatilgan ushbu mazmunga teng hujjat.
Agar fuqaro O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tug‘ilgan bo‘lsa, ota-onasidan biri shu vaqtda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lib, shu vaqtning o‘zida ota-onasi O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy istiqomat joyiga ega bo‘lgan bo‘lsa bunday hollarda xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan ota-onasidan birining O‘zbekiston fuqarosi pasportini olishga yozma roziligi talab qilinadi;
- fuqaro xorijiy davlat hududida mazkur davlat qonunlariga muvofiq yashayotganligini tasdiqlovchi hujjatning (viza, doimiy yashash uchun ruxsatnoma, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma, pasportdagi tegishli yozuv, ma’lumotnoma va h.k.) notarial tasdiqlangan va o’zbek yoki rus tillariga tarjina qilingan shakli (Finlyandiya va Estoniya mamlakatlarining vakolarli organlari tomonidan berilgan hujjatlar qo’shimcha tarzda apostil qo’yiladi va legalizatsiyalashtiriladi);
- ota-onasidan biri xorijiy davlat fuqarosi bo‘lsa, uning farzandini O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini olishga e’tirozi yo‘qligi haqida notarial tasdiqlangan arizasi;
- 70 AQSH dollari miqdoridagi konsullik yig‘imi va xizmat xarajatlarini to‘langanligi haqida kvitansiya.
Agar ota-onalar turli millatga mansub bo‘lishsa, «millati» bandiga arizachi xohishiga qarab otasi yoki onasining millatini ko‘rsatadi. Konsullik muassasasi arizachining ota-onasi F.I.SH. va millatini arizachining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bilan solishtiradi. Voyaga yetmagan bolalar uchun ularning ruxsatnoma stikerlariga hamrohlik qiluvchi shaxs haqidagi ma’lumotlar yoki hamrohlik qiluvchi shaxs haqidagi ma’lumotlar aks etgan maxsus shtamp «Hamrohlik qiluvchi shaxs» qo‘yiladi.
C) vaqtinchalik konsullik ro‘yxatiga olingan fuqaro uchun:
mazkur toifadagi fuqaroga pasport mamlakatga qonuniy tarzda va olti oydan ortiq muddatga xizmat safariga, o‘qish, davolanish va shartnoma bo‘yicha ishlashga chiqqan va xorijga vaqtincha chiqishni belgilangan tartibda rasmiylashtirgan taqdirda almashtiriladi.
Vaqtinchalik konsullik ro‘yxatiga olinmagan vaqtincha xorijda bo‘lgan fuqaro, O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun tegishli konsullik muassasasiga murojaat etadi.
- belgilangan shakldagi pasport rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza (arizani yuklab olish (elektron tarzda to’ldirish mumkin));
- xizmat safariga, o‘qish, davolanish va shartnoma bo‘yicha ishlashga chiqqanlikni tasdiqlovchi hujjatning notarial tasdiqlangan va o’zbek yoki rus tillariga tarjina qilingan shakli (Finlyandiya va Estoniya mamlakatlarining vakolarli organlari tomonidan berilgan hujjatlar qo’shimcha tarzda apostil qo’yiladi va legalizatsiyalashtiriladi);
- pasport va uning nusxasi;
- 35 x 45 mm o‘lchamdagi fotosurat (1 dona);
- ta’lim muassasasidan yoki ish joyidan ma’lumotnomalarning notarial tasdiqlangan va o’zbek yoki rus tillariga tarjina qilingan shakli (Finlyandiya va Estoniya mamlakatlarining vakolarli organlari tomonidan berilgan hujjatlar qo’shimcha tarzda apostil qo’yiladi va legalizatsiyalashtiriladi);
- fuqaro xorijiy davlat hududida qonuniy yashayotganligini tasdiqlovchi hujjatning (viza, doimiy yashash uchun ruxsatnoma, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma, pasportdagi tegishli yozuv, ma’lumotnoma va h.k.) notarial tasdiqlangan va o’zbek yoki rus tillariga tarjina qilingan shakli (Finlyandiya va Estoniya mamlakatlarining vakolarli organlari tomonidan berilgan hujjatlar qo’shimcha tarzda apostil qo’yiladi va legalizatsiyalashtiriladi);
- 70 AQSH dollari miqdoridagi konsullik yig‘imi va xizmat xarajatlarini to‘langanligi haqida kvitansiya.
D) ota-onasi bilan vaqtinchalik konsullik ro‘yxatiga olingan voyaga etmagan fuqaro uchun: mazkur toifadagi fuqaro uchun pasport quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi:
- ota-onasi farzandi bilan olti oydan ortiq muddatga xizmat safariga, o‘qish, davolanish va shartnoma bo‘yicha ishlashga chiqqan va xorijga vaqtincha chiqishlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan taqdirda;
- agar farzand ota-onasi mazkur xorijiy davlatga chiqqanidan keyin to‘g‘ilgan bo‘lsa;
- belgilangan shakldagi pasport rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza (arizani yuklab olish (elektron tarzda to’ldirish mumkin));
- ota-onasining xizmat safariga, o‘qish, davolanish va shartnoma bo‘yicha ishlashga chiqqanligini tasdiqlovchi hujjatning notarial tasdiqlangan va o’zbek yoki rus tillariga tarjina qilingan shakli (Finlyandiya va Estoniya mamlakatlarining vakolarli organlari tomonidan berilgan hujjatlar qo’shimcha tarzda apostil qo’yiladi va legalizatsiyalashtiriladi);
- tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma asl nusxasi (16 yoshgacha bo‘lgan fuqaro uchun yoki birinchi marta pasport rasmiylashtirilayotganda) yoki pasport (mavjud hollarda) va ularning nusxalari. Ushbu hujjat chet-el vakolatli organlari tomonidan berilgan hollarda ushbu hujjatning notarial tasdiqlangan va o’zbek yoki rus tillariga tarjina qilingan shakli (Finlyandiya va Estoniya mamlakatlarining vakolarli organlari tomonidan berilgan hujjatlar qo’shimcha tarzda apostil qo’yiladi va legalizatsiyalashtiriladi);;
- 35 x 45 mm o‘lchamdagi fotosurat (1 dona);
- ota-onasi pasportlarining asl nusxasi birinchi marta pasport rasmiylashtirish uchun va ularning nusxalari. Ota-onasidan birining pasportini taqdim etish imkoniyati yo‘q hollarda, ushbu holatni izoxlovchi hujjat taqdim qilinadi, jumladan, o‘lim haqida guvohnoma, nikoh bekor qilinganligi haqida guvohnoma, yoki nikoh bekor qilinganligi haqidagi sud qarorining ko‘chirmasi (nusxasi) yoxud nikohning haqiqiy emas deb tan olinganligi haqidagi sud qarorining ko‘chirmasi (nusxasi), vakolatli idoralarning pasport oluvchining ota-onasidan birini bedarak yo‘qolganligi yoki vafot etganligini tan olish to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi, farzandni yolg‘iz ota yoki ona tomonidan tarbiyalanganligini tasdiqlovchi hujjatlar yoki xorijiy davlat qonunchiligida ko‘rsatilgan ushbu mazmunga teng hujjat. Agar fuqaro O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tug‘ilgan bo‘lsayu, ota-onasidan biri shu vaqtda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lib, shu vaqtning o‘zida ota-onasi O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy istiqomat joyiga ega bo‘lgan bo‘lsa bunday hollarda xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan ota-onasidan birining O‘zbekiston fuqarosi pasportini olishga yozma roziligi talab qilinadi.
- fuqaro ota-onasining xorijiy davlat hududida mazkur davlat qonunlariga muvofiq yashayotganligini tasdiqlovchi hujjatning (viza, doimiy yashash uchun ruxsatnoma, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma, pasportdagi tegishli yozuv, ma’lumotnoma va h.k.) notarial tasdiqlangan va o’zbek yoki rus tillariga tarjina qilingan shakli (Finlyandiya va Estoniya mamlakatlarining vakolarli organlari tomonidan berilgan hujjatlar qo’shimcha tarzda apostil qo’yiladi va legalizatsiyalashtiriladi);
- 70 AQSH dollari miqdoridagi konsullik yig‘imi va xizmat xarajatlarini to‘langanligi haqida kvitansiya.
Bank hisob raqami:
EMBASSY OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
SWEDBANK AS, BIC / S.W.I.F.T.: HABALV22
Номер счета: LV55HABA1940J03218200
Biz bilan bog'lanish:
+371 673 223 46
+371 673 223 06
consulate@uzbekistan.lv
Qabul kunlari: Dushanba, Chorshanba va Juma kunlari soat 11:00 dan 12:30 va 15:00 dan 17:00 gacha