Rigadagi O’zbekiston Respublikasi elchixonasi konsullik bo’limi konsullik okrugiga Latviya, Litva, Estoniya va Finlandiya hududlari kiradi.
Yuqorida ko’rsatilgan hududlarda yashovchi fuqarolar konsullik masalalari hamda xizmatlari yuzasidan Rigadagi O’zbekiston Respublikasi elchixonasining konsullik bo’limiga murojaat qilishi mumkin.
Rigadagi O’zbekiston Respublikasi elchixonasining konsullik masalalari bo’yicha shaxsiy murojaat uchun vaqt jadvali: Dushanba, Chorshanba va Juma kunlari soat 15:00 dan 17:00 ga qadar amalga oshiriladi.
Elchixona Konsullik bo’limi bilan telefon orqali savollar muxokamasi, maslahat olish masalalari haftaning ish kunlari soat 09:00 dan 18.00 ga qadar amalga oshiriladi.
Konsullik va fuqarolik savollariga ta’lluqli masalalar yuzasidan umumiy ma’lumotlar O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining “Konsullik interaktiv xizmati” consul.mfa.uz veb-sahifasida ham tanishish mumkin.
Seshanba, Payshanba, Shanba, Yakshanba va ko’rsatilgan Bayram kunlari konsullik bo’limida qabul amalga oshirilmaydi. Favqulodda vaziyatlarda konsullik bo’limiga quidagi telefon orqali murojaat qilish mumkin: (371) 67322346.