O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2011y.dagi PF-4262 raqamli «O`zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishning qo`shimcha chora-tadbirlari haqida» nomli Farmoni №1-ilovasining 51 va 53 punktlariga asosan:
- doimiy yashash uchun belgilangan tartibda xorijga ketgan, hamda xorijda vaqtincha yashayotgan fuqarolar O`zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarida doimiy yoki vaqtincha konsullik ro`yxatida hisobga olinadilar;
- xorijga xizmat safari bilan yoki o`qish, davolanish, hamda kontrakt asosida (O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.11.2003y.dagi №505 tartib raqamli «O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijdagi mehnat faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari haqida» nomli Qarori qoidalariga mos holda) ishlash uchun vaqtincha muddatga belgilangan tartibda rasman jo`nab ketgan fuqarolar vaqtinchalik konsullik ro`yxatida qayd qilinadilar;
Agar xorijga jo`nab ketgan fuqaro xorijiy mamlakatda qonuniy ravishda 6 (olti) oydan ortiq bo`lgan muddat davomida bo`lsa, u vaqtincha konsullik ro`yxatiga olinadi.
Vaqtincha xorijda bo`lgan, hamda doimiy yoki vaqtincha konsullik ro`yxatida qayd qilinmagan fuqarolar pasportlari yo`qolganda yoki yaroqsiz holga kelganda, hamda pasportlarining amal qilish muddati tugagan holda, O`zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi (sertifikarti) olish uchun respublikaning xorijdagi konsullik muassasalariga murojaat qiladilar.